Alo ibn Muhammad al-G‘ubdiniy
Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy (arabcha: علاء بن محمد الغوبديني — Abulhusayn Alo ibn Muhammad ibn Nuaym al-Gʻubdiniy) — Muhaddis.
Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 337/948-yili tugʻilgan. U boshlangʻich taʼlimni otasi Muhammad ibn Naim al-Gʻubdiniydan olgan.
Ustozlari
Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy keyinchalik hadis ilmining sir-asrorlarini Xalaf ibn al-Xayyom va Abu Ahmad Abdurrahmon ibn Abdulloh ibn Yazdod ar-Roziylardan oʻrgangan va ulardan hadislar rivoyat qilgan.
Shogirdi
Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniydan Abu Ali Hasan ibn Abdulmalik an-Nasafiy va Abulabbos Jaʼfar ibn Muhammad al-Mustagʻfiriy kabi muhaddislar hadislar rivoyat qilgan.
Vafoti
Alo ibn Muhammad al-Gʻubdiniy 409/1019-yili 25-yanvarda payshanba kuni vafot etgan.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org