Almuth Schult





Almuth Schult (1991-yil 9-fevralda tugʻilgan) — nemis futbolchisi, „Angel City“ va Germaniya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi.




Jamoalardagi faoliyati



Besh yoshida Schult oʻz faoliyatini mahalliy „FC SG Gartow“ futbol klubida boshlagan, 2007-yilda „Hamburger SV“ga oʻtgan. U 2008-yilda „Magdeburger FFC“ga qoʻshildi va u yerda uchinchi darajali Regionalligada oʻynadi. Magdeburgda Schult muntazam asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi va jamoasi bilan 2-oʻringa koʻtarildi. 2011-yilda Schult Bundesliga vakili „SC 07 Bad Neuenahr“ bilan uch yillik shartnoma imzoladi. 2013-yilda u Bundesliga va UEFA ayollar chempionlar ligasi chempioni „VfL Wolfsburg“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.



Xalqaro faoliyti



Schult Germaniya terma jamoasi bilan 2008-yilgi 17 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da ikkita oʻyinda qatnashib, uchinchi oʻrinni egalladi. Ikki yil oʻtgach, u 2010-yilgi 20 yoshgacha ayollar oʻrtasidagi „Jahon chempionati“da Germaniya terma jamoasining birinchi tanlangan darvozaboni boʻldi va jamoa gʻalaba qozondi. Turnir Germaniyada oʻz maydonida oʻtkazildi.


Schult Germaniya terma jamoasining 2011-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatidagi uchinchi darvozaboni sifatida chaqirilgan edi. Uning jamoadagi debyuti 2012-yilning 15-fevralida Turkiyaga qarshi oʻtkazilgan.


Nadine Angerer nafaqaga chiqqanidan soʻng, Germaniya terma jamoasining asosiy darvozaboni sifatida Schultning birinchi yirik turniri 2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida boʻlib oʻtdi, u yerda u har bir oʻyinda oʻynadi. Germaniya bilan ayollar olimpiadasi futbolida birinchi oltin medalni qoʻlga kiritdi.



Yutuqlari



VfL Wolfsburg




Germaniya




Germaniya U20




Germaniya U17




Shaxsiy yutuqlari




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz