Al-Musnad




«al-Musnad» («al-Musnad al-Kabir») – Imom ash-Shosiyning toʻligʻicha hadislarga bagʻishlangan asaridir. Bu asarning yagona qoʻlyozma nusxasi yaqin vaqtgacha Suriyaning Damashq shahridagi «az-Zohiriya» kutubxonasida 277 raqam ostida saqlangan, keyinchalik Damashqdagi nodir qoʻlyozmalar saqlanadigan «Maktabat al-Asad» nomli kutubxonaga oʻtkazilgan. 192 varaqdan iborat ushbu qoʻlyozma hijriy 558 (milodiy 1163) yilda xattot al-Hofiz Ziyouddin al-Muqaddasiy tomonidan nasx xatida koʻchirilgan. Ushbu asar 1992-yilda Dubay shahrida yirik hadisshunos olim, doctor Mahfuz ar-Rahmon Zaynulloh tomonidan tadqiq etilib, bir necha jildda Madinai Munavvarada nashr etilgan.


Mazkur asar «Musnadi Shoshiy» deb ham yuritiladi.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz