Almost There (malika va qurbaqa shahzoda qo‘shig‘i)
„
Almost there “ qoʻshigʻi Randy Newman tomonidan Walt Disney Picturesning 49-metrajli "Malika va qurbaqa shahzoda" (2009) animatsion filmi uchun yozilgan. Bu dastlab aktrisa va qoʻshiqchi Anika Noni Rose tomonidan filmdagi Tiana roli uchun yozilgan. Qoʻshiq 82-Oskar mukofotlari marosimida „ Eng yaxshi original qoʻshiq“ nominatsiyasiga nomzod boʻlgan, ammo "Crazy Heart " filmidagi „ The Weary Kind“ qoʻshigʻidan ustun boʻla olmadi.
Syujet
Qoʻshiq uchun ishlangan multipikatsion klipda Tiana va uning onasi Eudora Tiananing restoranida tasvirlanadi. Qoʻshiqda Tiana oʻzining orzusidagi restoranni muvaffaqiyatli ochish uchun „Almost there“ qoʻshigʻini kuylaydi. Qoʻshiqlar ketma-ketligi davomida animatsiya Tiananing otasi Jeyms unga sovgʻa qilgan orzusidagi restorani suratida qoʻllangani singari art deko uslubida namoyish etiladi. Tiana kelajak restoranining hayolidagi koʻrinishi ayni art deko uslubida juda aniq va tushunarli qilib koʻrsatib beriladi. Tiana oʻz orzusidagi restoran haqida kuylar ekan, onasini ham kelajak orzulariga ishontiradi. Klip davomida ular birgalikda Tiananing haroba restoranini tozalashadi va xushsurat holga keltirishadi. Qoʻsshiq yakuni Eudoraning shlyapasidagi gulini guldonga solib, qiz va onaning xushkayfiyatda tartibga keltirilgan restoranni tark etishlari bilan yakunlanadi.
Boshqa tillar
Asl ingliz tilidan tashqari Disney Character Voices International „Malika va qurbaqa“ni (jumladan, uning qoʻshigʻini) „Almost there“ning 41 ta chet tilidagi versiyasini keng ommaga taqdim etgan
Sertifikatlar
Faqat sertifikatga asoslangan savdo + foyda koʻrsatkichlari berilgan
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org