Almería
Almeriya — Ispaniya janubidagi shahar va Oʻrta dengiz sohilidagi port. Andalusiya muxtor viloyatida. Almeriya provinsiyasining maʼmuriy marka-zi. Aholisi 154,3 ming kishi (1991). Almeriya orqali temir va qoʻrgʻoshin rudalari, oltingugurt, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chetga joʻnatiladi. Vino sanoati rivojlangan; musiqa asboblari ishlab chiqariladi, charm poyabzal, sellyuloza-qogʻoz, sement sanoati korxenalari bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan arablar qurgan Al-Qasaba qal’asi (8-11-asrlar), shuningdek 15-asrda qurilgan sobor saqlangan.
Almería Ispaniyaning Andalusiya mintaqasida joylashgan shahardir. Almería provinsiyasi tarkibiga kiradi. Maydoni — 295 km. Aholisi — 190013 kishi (2010).
Havolalar
Manbalar
uz.wikipedia.org