Almaurol qal’asi




Almourol qal’asi (portugalcha: Castelo de Almourol) ― Teju daryosining oʻrtasidagi kichik qoyali orolda, (portugalcha: Tejo) Portugaliyaning naq oʻrtasida joylashgan.


Almourol joylashgan qoyali orol qadimdan strategik ahamiyatga ega boʻlib, daryo boʻylab suv yoʻlini nazorat qiladi. Arxeologik qazishmalarga koʻra, birinchi istehkomlar bu yerda miloddan avvalgi I asrda paydo boʻlgan. Keyinchalik bu yerda avval alanlar, vestgotlar va oxir-oqibat, mavrlarning istehkomlari paydo boʻldi. Shunisi aniq maʼlumki, Portugaliyaning birinchi qiroli Afonso I Enrikesning askarlari 1129-yilda bu yerlarda paydo boʻlganida, orolda allaqachon Mavriy qal’asi mavjud boʻlgan.


Hozirgi qal’a Tampliyelar tomonidan 1160—1171-yillarda ularning asosiy qarorgohi Tomar qal’asi yaqinida qurilgan. 1312-yilda ritsarlik ordenining tarqatib yuborilishi bilan qal’a boʻsh boʻlib qoldi. XIX-asrda romantik vatanparvarlar qal’ani xarobalardan tiklashni boshladilar. Qayta qurilgan qal’aning oʻrta asr prototipi bilan umumiyligi juda oz. Shunga qaramay, u Portugaliyaning milliy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan (1910-yil 16-iyun). 1940—1950-yillarda qal’a — Salazar qarorgohlaridan biri sifatida qayta tiklandi.




Adabiyotda



Qal’a Palmeyrin siklining eng yaxshi romanida — „Ingliz Palmeyrin yilnomasi“ da (1544-yilgacha) eslatib oʻtilgan. Qal’ada hikoyaning qahramoni Miragvarda (Miraguarda) boʻlgan edi. Aynan oʻsha joylardagi voqealar tavsifi tufayli Servantes Don Kixot kutubxonasidagi bu kitobni yoqib yuborishdan saqlashga qaror qildi: „Miragvarda qal’asidagi barcha sarguzashtlar ajoyib va mohirona oʻylab topilgan, uslubi nafis va aniq, nutqlar esa soʻzlovchilarning xarakteri va pozitsiyasiga mohirlik va did bilan moslashtirilgan“.



Manbalar




Adabiyotlar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz