Almatinská oblast





Almati viloyati  — Qozogʻiston Respublikasining janubiy-sharqida joylashgan. Maydoni 224,0 ming km. Viloyat tarkibida 16 tuman va 3-ta viloyatga qarashli shahar (Qapchagʻay, Taldiqoʻrgʻan, Tekeli) bor. Aholisi 1,946,627 kishi (2013). Markazi — Almati shahri. Almati viloyatining gʻarbida Jambul, shimolida Balxash koʻli orqali Qaragʻandi, shimoliy-sharqida Sharqiy Qozogʻiston viloyatilari bilan, sharq tarafida Xitoy bilan, janubida Qirgʻiziston Respublikasi bilan chegaradosh. 11 maʼmuriy tuman, 4 shahar va 6 shaharcha bor. Markazi — Taldiqoʻrgʻan shahri. Muhim avtomobil yoʻllari: Almati — Qaskelen — Bishkek, Almati — Talgʻar — Chilik — Norinkoʻl, Olmaota — Ili — Taldiqoʻrgʻan. Balxash koʻli va Ili daryosida kema qatnaydi. 16 oliy oʻquv yurti, teatrlar, muzeylar bor. Olmaota yonida turistik bazalar, togʻ kurortlari, „Medeo“ sport majmui joylashgan.




Tarixi



Almati viloyatining eri qadimdan Sak, Uysin, Qangli qabilalarining, Ulu juz qozoqlarining ota makoni boʻldi. 19-asrning oʻrtalarida Jetisuvni Chor Rossiyasi oʻz tarkibiga qoʻshib oldilar. 1848-yili 10-yanvarda mustamlaka qilish tuzulishi — Katta Oʻrda pristavligi tashkil topdi. U 1856-yili Olatov okrugi deb ataldi. 1867-yili Turkiston general-gubernatorligi tashkil topganda hozirgi Almati viloyatining ancha qismi Verniy vezi atalib, Jetisuv viloyatining tarkibiga kirdi. Shu bilan birga markazi Verniy (Almati) qamali boʻlib belgilangan yangi viloyatga Jarkent, Qapal, Sergiopol, Toʻqmaq, Istiqkoʻl vezderi kirdi. 1882 — 97-yillari Jetisuv viloyati Dala general-gubernatorligiga qaradi. 1897-yildan boshlab u Turkiston general-gubernatorligining, 1918 — 24-yillari Turkiston AKSRning tarkibida boʻlib keldi. 1924-yili Markaziy Osiyoda olib borgan milliy-territoriyalik chegara boʻlish natijasida Jetisuv viloyatining qozoq qishloqlari Qozoq AKSRning tarkibiga kirdi. 1929 — 32-yillari Almati okrugi deb nomlandi. 1932-yilning 10-martida Almati viloyati boʻlib qaytadan tashkil topdi. 1944-yili 16-martda Almati viloyatidan Taldiqoʻrgʻan viloyati ajralib chiqdi. Taldiqoʻrgʻan viloyati 1959 — 67-yillari Almati viloyatining tarkibida boʻlib, 1967-yili 23-dekabrda qayta boʻlindi. 1997-yili 22-aprelda Taldiqoʻrgʻan viloyati tarqatilib, uning tumanlari Almati viloyatiga qoʻshildi.



Viloyatni boshqarganlar




Iqtisodi



Viloyat iqtisodiyotida rivojlangan qishloq xoʻjaligi va yaylov chorvachiligi bilan birga har xil sanoat tarmoklari bor. Metallsozlik va murakkab mashinasozlik, yengil (toʻqimachilik, trikotaj, tikuvchilik, koʻn-poyabzal va boshqalar), yogʻochsozlik va qurilish materiallari ishlab chiqarish sanoati tarmoqlari rivojlangan. Viloyat energetikasi daryo gidroenergiya resurslariga (Qopchigʻay GES, Olmaota GESlar kaskadi) va Qaragʻandi havzasi koʻmiriga asoslanadi. Sanoat korxonalarining asosiy qismi Almatida joylashgan. Talgʻar shahrida kigiz bosish va tikuvchilik fabrikalari, spirt zavodi, Burunday shaharchasida shakar-qand va gʻisht zavodlari, Qopchigʻay shahrida temir-beton konstruksiyalar zavodi bor.



Xoʻjaligi



Almati viloyatida qisman sugʻorib va qisman sugʻormasdan dehqonchilik qilinadi. Sugʻoriladigan yerning 80 % ga yaqiniga ekin ekiladi. Bugʻdoy, arpa, suli, tariq, makkajoʻxori, sholi, har xil dukkaklilar va yem-xashak ekinlari (asosan, beda), sabzavot, texnika ekinlari ekiladi. Qand lavlagi, tamaki, meva, uzum yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy va echki, ot, parranda boqiladi. Togʻ etaklarida, Olmaota atrofida qishloq xoʻjaligi shahar aholisini mahsulotlar bilan taʼminlashga ixtisoslashgan. Viloyat shimolida yaylov chorvachiligi (goʻsht-moy va goʻsht-jun, qoʻychilik, tuyachilik), togʻlarning janubiy qismida yilqichilik, goʻsht va goʻsht-jun (arharmerinos qoʻylari boqish) chorvachiligi rivojlangan. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq ovlanadi.



Aholisi



Viloyat koʻp millatli hisoblanadi. Viloyatda 2012-yilgi maʼlumotga qaraganda 2 021 362 kishini tashkil qilibdi. Viloyatning milliy tarkibi quyidagi jadvalda:




Tabiati



Almati viloyati shimoliy qismining iqlimi keskin kontinental, qishi sovuq (yanvarning oʻrtacha harorati — 9 dan −10 °C gacha), yozi issiq (iyulning oʻrtacha harorati 24 °C). Yillik yogʻin 100 mm dan (choʻdda) 1000 mm gacha (togʻlarda). Vegetatsiya davri 205-225 kun. Viloyatning shimoliy va shimoli-gʻarbida oqar suvlar deyarli yoʻq. Birgina Ili daryosi oqadi. Janubiy togʻ oldi qismlarida oqar suvlar koʻproq. Koʻpchilik daryolar togʻlardan boshlanib Ili daryosigacha yetib bormay, qumlarda tugaydi yoki sugʻorrplga sarf boʻladi. Togʻlarda chuchuk suvli kichik koʻl va mineral buloqlar koʻp. Almati viloyatining shimoli-gʻarbiy qismida gilli qoʻngʻir tuproq, boʻz tuproq va shoʻrxoklar, Ili daryosi vodiysida qamish, saksovul oʻsadi, toʻqaylar uchraydi. Togʻlarda 600 m dan yuqorida shuvoqchalov betaga dashtlari; 800-1700 m balandlikda oʻtloq, 1500-1700 m da subalp oʻtloqlari mintaqasi boʻlib, igna bargli daraxtlar ham aralash oʻsadi. 2800 m dan yuqori qismi alp oʻtloqlari va butazorlardan iborat. Choʻllarda qum sichqoni, to-vushqon, jayran, yeliq, boʻri, tulki, boʻrsiq, Ili daryosi deltasida qobon, ondatra bor. Ilon, toshbaqa, kaltakesak, falanga, qoraqurt, togʻlarda bars, silovsin uchraydi. Balxash koʻli va Ili daryosida baliq koʻp. Orqa Ili Olatovi yon bagʻrida Olmaota qoʻriqxonasi tashkil etilgan.



Hududiy boʻlinishi



Viloyatda 16-ta tumanlar mavjud:




Viloyatda 3 ta viloyat ahamitatiga ega shahar bor:




Manbalar




Havolalar
















uz.wikipedia.org



Uzpedia.uz