Allon





ALLON MAHALLASI (Forobiy kuchasi, 278) — Olmazor (sobiq Sobir Raximov)
tumanidagi mahalla. „Chimboy“,
„Chigʻatoy darvoza“, „Alisher Navoiy“, „Beruniy maydoni“ va
„Universitet“ mahallalari bilan
chegaradosh. 1931-yil tashkil
qilingan. „Allon“ soʻzi Maxmud
Qoshgʻariyning „Devonu lugotitturk“ va Navoiy asarlarida
„Olong“ (tepalik, past-balandlik maʼnosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, „A.“ Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin
joydagi tepalik yerda vujudga
kelgan. Aholisi 3646 kishi
(2009). Milliy tarkibi, asosan,
oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq,
uygʻur, tatar, tojiklar ham
yashaydi. Mahalla hududida
„Uzstandart“ agentligi (Gosstandart), Buxoro yahudiylari
qabristoni, bolalar sport maydonchasi, choyxona, oziq-ovkqat
doʻkonlari, supermarket, 2 kafe, 2 sartaroshxona, bir necha novvoyxona mavjud. Mahalla faxriylaridan Daliboy Zoxidov
37 yil (1950—1987) oqsoqollik qilgan. Shu mahallada davlat arbobi N. A. Muxitdinov (1917—
2008) tugʻilib oʻsgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz