Allium strictum
Allium strictum — yovvoyi piyozning Yevrosiyoda o‘sivchi turi. Uning vatani Fransiyadan Yakutiyagacha choʻzilgan.
Allium strictum har birining diametri 8 mm boʻlgan bir yoki ikkita piyozcha hosil qiladi. Barglarining uzunligi 80 sm gacha yetadi. Barglari tekis, tor, diametri taxminan 4 mm. Soyabonlar sharsimon boʻlib, koʻplab gullar bir-biriga toʻplangan. Gultojibarglar pushti yoki qizil-binafsha rangga ega. Toshli yon bagʻirlarda va qoyalarda oʻsadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org