Allie Long
Alexandra Linsley Long (1987-yil 13-avgustda tugʻilgan) - amerikalik futbolchi, Milliy ayollar futbol ligasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasida yarim himoyachisi sifatida oʻynaydi. U milliy terma jamoadagi debyutini 2014-yilning 8-may kuni Kanadaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida oʻtkazgan. Oʻshandan beri u jamoada jami 45 ta oʻyinda maydonga tushgan.
2005 va 2006-yillar davomida Penn State Nittany Lions uchun oʻynagan keyinchalik Shimoliy Karolina Universitetiga Tar Heels jamoasiga oʻtgunga qadar faoliyat yuritgan. Long 2008-yilda NCAA ayollar futboli turnirida gʻolib chiqqan Tar Heels jamoasi aʼzosi edi. Professional tarzda Long “Vashington Freedom” va “Sky Blue FC FC ” ayollar professional futboli, Parij Sen-Jermen 1-divizioni “Féminine ” va Ayollar Premer-ligasi elitasining “ Nyu-York Fury ” klublarida oʻynagan. U 2013-yildan 2017-yilgacha Milliy ayollar futbol ligasining "Portlend Torns" klubida faoliyat yuritgan.
Yoshlik yillari
New-Yorkning Huntington shahrida Barbara va Jeyms Long oilasida tugʻilgan Allie ukasi Patrik bilan birga katta boʻlgan. U Long-Aylend oʻsmirlar futbol ligasining Northport Cow Harbor Mustangs jamoasida futbol oʻynay boshladi. Keyin Albertson futbol klubida oʻynadi va u yerda ketma-ket toʻrtta Davlat ochiq kubogini qoʻlga kiritdi. Long besh yil davomida Sharqiy New-York yoshlar futbol assotsiatsiyasining Olimpiya rivojlanish dasturi va toʻrt yil davomida 1-mintaqadagi ODP aʼzosi boʻlgan.
Long 2001-yildan 2005-yilgacha Northport oʻrta maktabida oʻqigan va u yerda toʻrt yil davomida universitet futbol jamoasida oʻynagan. Long oʻrta maktab jamoasiga toʻrt yil davomida mavsumda magʻlubiyatsiz oʻynashga yordam berdi. 2005-yilda Northport Long Island yarim finaliga chiqdi.
Pensilvaniya universiteti, 2005–2006
2005—2006-yillarda Pensilvaniya universitetida oʻqigan. 2005-yil birinchi kursida u barcha 25 oʻyindan, 22tasida maydonga tushgan. U mavsum davomida 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
2006-yilda oʻzining ikkinchi mavsumida Long Nittany Lions uchun oltita gol urdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi. U mavsumdagi ilk golini 24-sentyabr kuni Michigan darvozasiga kiritdi. Shuningdek, 29-sentyabr kuni Ayovada va 22-oktyabrda Shimoliy-Gʻarbiylarga qarshi oʻyinda gol va assistentlik qildi. Long 13-oktyabr kuni Minnesotaga qarshi oʻyinda va 5-noyabrda Katta oʻnlik turnirida Illinoysga qarshi oʻyinda gʻalaba keltirgan golni kiritdi. U 2006-yil 23-oktyabrda "Katta oʻnlik"da haftaning eng yaxshi hujumkor oʻyinchisi boʻldi.
Chapel Hilldagi Shimoliy Karolina universiteti, 2007–2008
2007-yilda Long Chapel Hilldagi Shimoliy Karolina universitetiga oʻtdi. U 24 oʻyindan 22 tasida maydonga tushdi. Long mavsum davomida beshta gol urdi.
Klubdagi karyerasi
Long Island Fury
Kollej mavsumlari oraligʻidagi yozgi taʼtilda bosh murabbiy Pol Rayli qoʻl ostida Ayollar Premer-Ligasida Long Island Fyuri bilan oʻynagan.
Washington Freedom, 2009–2010
2009-yil 16-yanvarda Long Washington Freedom tomonidan 2009-yilgi ayollar professional futbol loyihasining birinchi bosqichida yettinchi futbolchi sifatida xarid qilingan. U jamoa uchun birinchi marta 2009-yil 29-martda Los-Anjeles Solga qarshi oʻyinda maydonga tushdi. 2009-yilgi muntazam mavsumda Long Washington safida 18 ta oʻyin oʻtkazib, jamoaga WPSda uchinchi oʻrinni egallashga yordam berdi.
Sky Blue FC, 2011-yil
2010-yilgi mavsumdan soʻng Long erkin agentga aylandi va keyinchalik 2010-yil noyabr oyida Sky Blue FC bilan shartnoma imzolandi. "Sky Blue" bosh murabbiyi Jim Gabarra "Alli o'zini ushbu ligada taniqli o'yinchi sifatida ko'rsatib kelmoqda" va undan "shunday davom etishini va jamoamiz muvaffaqiyatiga yordam berishini kutamiz'' deb ta'kidlagan. U birinchi marta Sky Blue uchun 2011-yil 10-aprelda Filadelfiya Independencega qarshi oʻyinda maydonga tushdi. Uchrashuvdan soʻng Long WPS haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Long mavsumda "Sky Blue" tarkibida 18 ta oʻyinda maydonga tushdi va uchta gol urdi, ulardan ikkitasi penaltidan kiritgan. Sky Blue mavsumdan keyin WPSda beshinchi oʻrinni egalladi va pley-offga chiqa olmadi.
PSG, 2011–2012
2011-yilgi WPS mavsumidan soʻng, Long sentyabrdan iyungacha davom etgan 2011—2012-yilgi mavsumda Fransiyaning 1-divizionida " PSG "da oʻynadi. U birinchi marta 2011-yil 16-oktyabrda FF Yzeure Allier Auvergnega qarshi oʻyinda jamoa uchun maydonga tushgan. U jamoa safida 12 ta oʻyindan, 9 tasida maydonga tushdi va 4 ta gol urdi. Uning jamoadagi soʻnggi uchrashuvi 2012-yilning 25-martida boʻlgan.
New-York Fury, 2012-yil
2012-yil 30-yanvarda 2012-yilgi WPS mavsumi yuridik va moliyaviy muammolardan soʻng toʻxtatilishi e’lon qilindi. Liga 2013-yilgi mavsumda davom ettirilishi moʻljallangan boʻlsa-da, u may oyida rasman ochildi. 2012-yil aprel oyida Long WPS toʻxtatilishiga javoban WPSL tomonidan yaratilgan yarim professional futbol ligasi - Ayollar Premer-Ligasi Elitasida New-York Fury bilan shartnoma imzoladi. Fury ligada uchinchi oʻrinni egalladi va pley-offga yoʻllanma oldi. Fury 2012-yilning 25-iyulida yarim finalda Western New York Flash bilan toʻqnash keldi. Long Furyning oʻyindagi yagona goliga mualliflik qildi va jamoa 2:1 hisobida magʻlub boʻldi.
Portlend Thorns, 2013–2017
2013-yil 17-yanvarda Long 2013-yilgi mavsum uchun yangi tashkil etilgan Milliy Ayollar Futbol Ligasining Portlend Thorns FC bilan shartnoma imzolagani maʼlum boʻldi. Long yillar davomida Portlendning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi, 2015-yilgi mavsumda eng koʻp gol urdi va 2013-yilda jamoani chempionlikka, 2014 va 2016-yillarda yarim finalga, 2017-yilda esa yana chempionlikka yetakladi. Thornsning 2017-yilgi mavsumi oxirida u besh mavsum davomida jamoa uchun eng koʻp oʻyin oʻtkazdi va uning ikkinchi toʻpurari boʻldi, kapitan Kristin Sinklerdan birgina golga ortda qoldi.
"Chelsi" 2013-yil (ijara) 2013-yilgi NWSL mavsumidan soʻng Long Chelsea jamoasiga mavsumdan tashqari qisqa muddatli ijaraga rozi boʻldi. U "Chelsea"ning Yaponiyadagi ayollar klublari oʻrtasidagi Xalqaro chempionati musobaqasida oʻynadi va keyin liga oʻyinlarida ishtirok etmasdan Portlendga qaytdi.
Reign FC, 2018–2021
2018-yil 11-yanvarda Long avstraliyalik xalqaro forvard Keytlin Furd va 2020-yilgi NWSL 2-raund tanlovi evaziga Reign FCga almashtirildi.
Long 2018-yilda Sietl uchun 19 ta mavsum oʻyinda maydonga tushdi va uchta gol urdi. U tizzasidan olgan jarohati tufayli mavsumning soʻnggi uchta oʻyinini oʻtkazib yubordi, ammo Sietlning sobiq jamoasi Portlend Thornsga qarshi yarim final oʻyinida safga qaytdi. Sietl Portlendga 2:1 hisobida yutqazgan.
NJ/NY Gotham FC, 2021-yildan hozirgacha
2021-yil 27-aprelda NJ/NY Gotham FC Longni OL Reigndan 80 000 dollar va ikkinchi bosqich tanlovi evaziga sotib oldi.
Futzal
Professional faoliyati davomida bir necha yil davomida Long Nyu-Yorkning Kvins va Bruklin shaharlarida yopiq futbol, futzal bilan shugʻullangan. U oʻrta maktab gimnaziyalarida kuchli erkaklar jamoalarida sovrinli oʻrinlar uchun oʻynagan. U tomoshabinlar, asosan lotinlar tomonidan sevimli boʻlib, uni "la rubia" (sargʻish) va "la blanquita" (kichkina oq qiz) deb atashgan. Uni futzal bilan oʻsha paytdagi yigiti, avvallari professional futbolchi va futzalchi Xose Batista tanishtirgan.
Xalqaro karyera
Long U-20 va U-23 terma jamoalarida Qoʻshma Shtatlar sharafini himoya qilgan va 2010-yilning iyul oyida terma jamoaga chaqirilgan.
2014-yil 8-may kuni Long Vinnipegda oʻrtoqlik oʻyinida Kanadaga qarshi Amerika Qoʻshma Shtatlari katta ayollar terma jamoasi tarkibida debyut qildi, uchrashuvning 68-daqiqasida zahiradan maydonga tushgan. U birinchi va ikkinchi gollarini 2016-yil 6-aprel kuni Sharqiy Xartfordda Kolumbiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida kiritgan.
Long 2016-yilgi Olimpiada oʻyinlarida AQSh terma jamoasida boʻlib, AQSh terma jamoasi oʻynagan toʻrtta oʻyinning uchtasida asosiy tarkibda maydinga tushgan.
2019-yil may oyida Long 2019-yilgi ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatining yakuniy roʻyxatiga kiritildi, bu uning birinchi marta jahon chempionatidagi ishtirokini taʼminlagan.
Xalqaro maydonagi gollar
Shaxsiy hayoti
2016-yil oktyabr oyida Long uzoq vaqtdan beri sevgilisi boʻlgan Xose Batistaga turmushga chiqdi, jamoadoshlari Aleks Morgan va Tobin Xit unga guvohlik qilishgan. 2022-yil yanvar oyida Long va Batista ajrashganini eʼlon qilishdi.
2022-yil aprel oyida Long yigiti Keysi Kordial bilan egizak farzand kutayotganini eʼlon qildi. 2022-yil 23-mayda Long qizi Siena Maksvell va oʻgʻil Trent Jeymsonni dunyoga keltirdi.
Yutuqlar
Shimoliy Karolina Tar Heels Portlend Thorns Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy futbol jamoasi Shaxsiy yutuqlar Manbalar
uz.wikipedia.org