Allergik dermatit





Allergik dermatit  — bu allergenlar taʼsirida teri yalligʻlanishi. Allergik dermatitlar 2 turga boʻlinadi.


— Allergen teriga toʻgʻridan toʻgʻri tushadi


— Allergen teriga toʻgʻridan toʻgʻri tushmaydi aksincha fekal oral yoʻl bilan tushadi.




Etiologiya



Allergik dermatit yoki allergik dermatozlar organizmning allergenga nisbatan sezuvchanligining yuqoriligiga bogʻliq


Organizmda sezuvchanlik past boʻlsa tanada bir nechta dogʻlar paydo boʻladi. Aksincha organizmda sezuvchanlik yuqori boʻlsa toshmalar butun tanaga tarqaladi, tana harorati oshadi.



Klinik koʻrinishi



Terining allergen bilan toʻqnashgan joyida paydo boʻlgan toshmalar, agar antigistamin dori vositalari qabul qilinmasa toshmalar kattalashib sogʻliq uchun jiddiy xavf tugʻdiradigan xolatlar paydo boʻla boshlaydi



Davolash



Avvalo, kasallikka sabab boʻlgan omilni yoʻq qilish kerak. Antigistaminlar (Alerzin, Suprastin) va kortikosteroid dori vositalari, surtmalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.



Parhez



Allergiya uchragan bemorlar parhez qilishlari kerak boʻladi:




— Sut mahsulotlari


— Guruch


— Mevalar


— Oʻsimlik yogʻida tayyorlangan taomlar


— Non


— Qoqilar


— Sabzavotlar




— Ot, qoʻy va echki goʻshtlari


— Mosh, noʻxot, loviya


— Danakli mahsulotlar


— Shirinliklar


— Qovun, tarvuz, poliz mahsulotlari


— Ketchup, mayonez


— Shirinliklar


— Shoʻrlangan va dudlangan mahsulotlar


Parhez qoidalariga amal qilgandan soʻng koʻp hollarda allergik kasalliklardan tezda sogʻayishga yordam beradi, lekin baʼzan ularni isteʼmol qilgandan soʻng ham allergiya kuzatilishi mumkin. Shuning uchun kasallik belgilari oʻtib ketgandan keyin ham uch oy davomida parhez tutilsa maqsadga muvofiq boʻladi.


Allergen dermatit bilan kasallangan bemorlarda mahsus davo choralarini koʻrishganidan keyin kasallik kizatilmaydi. Lekin agar boshqa sabab tufayli tanada allergiya paydo boʻladigan boʻlsa, kontakt dermatit qaytalanish xavfi mavjud.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz