ALLEGRO



ALLEGRO (italyancha allergo — quvnoq, xushchaqchaq) — musiqada: 1) tez sur’at; 2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. Odatda Sonata, kvartet, simfoniya va boshqalarning 1-(ba’zan, 4 va boshqalar) qismi. Sonata Allegrosi — sonatasimfonik turkumi bosh (birinchi) yoki so’nggi qismining mumtoz tuzilmasi. O’zbekiston kompozitorlari asarlarida keng ishlatiladi. Masalan, Ikrom Akbarovning “Shoir xotirasiga” poyemasi, R. Hamroyevning 1-simfoniyasi (1-qism), “Maftuningman” kinofilmida Sharif qo’shig’i (M. Burhonov) va boshqalar; baletda: 3) jadal ijro etiladigan mashqlardan tuzilgan mumtoz rake mashg’ulotining bir qismi. Turli aylanishlar va sakrash malakasini takomillashtirishga yordam beradi; 4) Yevropada sakrama va oyoq uchida yurish harakatlariga asoslangan mumtoz raqs. Barcha jo’shqin raqslar Allegro sur’atida yaratiladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz