ALLEGRETTO



ALLEGRETTO (italyancha allegretto, allegioning kichraytirilgan shakli) — musiqada: 1) o’rtacha tezlikdagi (allegroga nisbatan sekinroq) sur’at; 2) shu sur’atda ijro etiladigan musiqa asari yoki uning qismi. O’zbekiston kompozitorlari asarlarida, ko’proq, sur’at sifatida ishlatiladi: Ikrom Akbarovning 1-kvarteti (1-qismi) va 3-kvarteti (2-qismi), S. Yudakovning “Maysaraning ishi” operasidagi Hidoyatxon qo’shig’i va boshqalar.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz