ALLANTOIS



ALLANTOIS, embrion qovug’i (Allantois) — sudralib yuruvchilar, qushlar va sut emizuvchilar — amniotalarning embrion pardalaridan biri. Orqa ichakdan hosil buladi, amnion bilan seroz parda orasida joylashadi. Embrionda nafas olish, chiqarish va oziqlantirish vazifasini bajaradi. Sudralib yuruvchilar va qushlarda Allantois yaxshi rivojlangan. Sut emizuvchilarda embrion bachadonda taraqqiy etganligidan Allantois bir qancha o’zgarishlarga uchraydi va yo’ldosh (plasenta) shakllanishida qatnashadi. Allantois devoridagi bir talay qon tomirlari embrion bilan tashqi muhit yoki embrion bilan ona organizmi ‘rtasida gaz almashinuvini ta’minlaydi. Embrion rivojlanishining so’nggi davrlarida Allantoisning embrionda qolgan qismi qovuqqa aylanadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz