Allaniyoz Uteniyozov




Allaniyoz Uteniyozov (1936-2006 yy.) — Oʻzbekiston Qahramoni (2001), O‘zbekiston xalq o‘qituvchisi (1992), Qoraqalpogʻiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi (1986), “Mehnat shuhrati” ordeni (1995).




Tajimai holi



Allaniyoz Uteniyazov 1936-yil 8-fevralda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani Qazayaqli ovulida tug‘ilgan. 1949- yilda onasi bilan tog'asining yoniga - hozirgi Nukus tumani Uzunko'l ovuliga ko'chib kelishadi. Allaniyaz Nukus shahridagi maktabda o'qish bilan bilrga uyida poliz va sabzavotlar yetishtirgan. 1958 – 1962-yillarda Qoraqalpogʻiston pedagogika institutining ( hozirgi Nukus davlat pedagogika instituti) chet tillar fakultetida o‘qigan. 1962-yildan Nukus tumanidagi 4-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ingliz tili o‘qituvchisi sifatida boshlab, 42 yil davomida dars berdi.



Faoliyati



Fidoiy ustoz oʼquvchilarga dars oʼtish bilan bir qatorda qishki va yozgi taʼtil paytlarida yolgʼiz boshli, yordamga muhtoj 42 nafar qariyaga uy qurib berib, bu mehnatlari uchun haq olmagan. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasidagi ma’lumotlarga ko'ra Allaniyoz Uteniyazov 40 ta turar joy, 2 ta maktab, 2 ta bolalar bog'chasi, 2 ta shifoxona va bitta kutubxona qurgan. Undan tashqari 174 ta xonadonning uylarini kapital taʼmirlagan. Hamma qurgan uylari uchun shaxsan oʼzi hech qanday texnikalarning yordamisiz 860 ming dona gʼisht quygan.


1999-yili Nukus tumanida “Saxovat” fermer xo‘jaligini tashkil etib, olma, o'rik, shaftolizorlar barpo etdi. Bu bog'larning mevalaridan Xo'ajayli tumanidagi Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari birinchi navbatda bahramand bo'lishgan. Xo'jalik hududidagi ishsiz aholini bandligini ta'minladi.


Allaniyoz Uteniyazovning ta'lim samaradorligini oshirib borishdagi zarur metodlaridan biri bu - zamonaviy texnologiyalar vositasida dars o'tish, elektron darsliklardan foydalanish, internet termoqlari ma'lumotlari bilan darslarni boyitish, lingafon, kompyuter xonalaridan samarali foydalanish.


Allaniyoz Uteniyozov 2006 yil 27 yanvarda Toshkentda vafot etdi.



Mukofotlari





Allaniyaz Uteniyazov haqida iqtiboslar



Ingliz tili muallimining mehr-saxovatli ishlari haqida xabar topgan nafaqat yurtdoshlarimiz, xorijiy gazetalarda o'qigan millioner, madaniyat va fan arboblari, dunyoga tanilgan chempion, estrada yulduzlari, taniqli insonlar unga ehtirom, minnatdorchilik xatlari yo'llaganlarː

“Siz o‘z insoniylik mehnatingiz bilan barcha odamzod bolasidan juda yuqori turasiz. Bu ishlaringiz yosh avlodlarni tarbiyalashda namuna bo‘ladi. Men sizga tan beraman...». Kuba davlati rahbari Fidel Kastro.


"Sizning insoniylik ma'naviy boyligingiz hech qachon o‘lmaydi, chirimaydi, mangu qoladi." Argentinalik millioner Sapun.


"Sizning 30-35 yillik mehr-muruvvatga to'la himmatingizni har safar ringdagi jang oldidan 30-35 soniya xayolimda jonlantiraman, sizni ko'z oldimga keltirib, ibratingizdan madad olaman. Shu vaqt o'zimda qo'shimcha yengilmas kuch-quvvat to'planganday sezaman va albatta, g'alabaga erishaman".



Boks bo'yicha jahon chempioni Vitaliy Klichko.






Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz