“AL-IZOH”



“AL-IZOH” — haftalik diniy, adabiy, ilmiy, siyosiy jurnal. Toshkentda “Ulamo” jamiyati tomonidan chop etilgan. Birinchi soni 1917 yil 19 iyunda chiqqan. Mudarris Abdumalikhoji Abdunabi o’g’li muharrirlik qilgan. Maqolalar ko’proq diniy masalalar bo’yicha savoljavoblar shaklida berilgan. Islomda bid’at va xurofotga qarshi turishga intilgan. “Al-izoh”da mulla Muhammadazim Ro’zimuhammad o’g’li, mulla Hamidxo’ja, Said Maqsudxon, mulla Toshpo’lat qori, mulla Pirmuhammad o’g’li, Saidahmad Vasliy, mulla Mirzo Oxunjon Maxsum, mulla Tursunmuhammad a’lam Turkistoniy va boshqalar qatnashgan. 1918 yil martidan chiqishdan to’xtagan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz