ALIYEV KOMIL MA’RUFOVICH
ALIYEV KOMIL MA’RUFOVICH (1905.25.7-1939.10.9) – jurnalist, o’zbek matbuotida feletonchilik asoschilaridan biri. Faoliyatini “Turkiston” (“Qizil O’zbekiston”) gazetasida (1924 yildan) boshlab, turli vazifalarni (muxbir, bo’lim mudiri, mas’ul kotib) bajargan. 1925-27 yillarda “Ozod Buxoro”, 1936— 37 yillarda “Ilg’or Surxon uchun” viloyat gazetalarida ishlagan. Aliyev asosan feletonchilik bilan shug’ullangan. U feletonlarini “Kakra”, “Nor yigit” taxalluslari bilan yozgan. Feleton, tanqidiy maqola va reportajlardan iborat “Bomba” va “Davr dushmanlari” (1932) to’plamlari chop etilgan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz