ALIYEV HAYDAR ALIRZA O’G’LI
ALIYEV HAYDAR ALIRZA O’G’LI (1923.10.5, Naxichevan shahri) — Ozarbayjon davlat va siyosat arbobi. Ishchi oilasida tugilgan. Naxichevan pedagogika texnikumini (1939), Ozarbayjon davlat universitetining tarix fakultetini (1957) tugatgan. 1941-43 yillarda ichki ishlar xalq komissarligida, 1944-69 yillarda Ozarbayjon SSR davlat xavfsizligi organlarida ishlagan (1967 yildan raisi). 1969 yil iyuldan Ozarbayjon SSR KP MK birinchi kotibi. 1982-87 yillarda sobiq Ittifoq hukumati raisining birinchi o’rinbosari. 1991-93 yillarda Naxichevan Muxtor Respublikasi Oliy Majlis raisi. 1993 yil iyunidan Ozarbayjon Respublikasi Oliy Kengashi raisi va Ozarbayjon Respublikasi prezidenti vazifasini bajaruvchi, 1993 yil 3 oktabrdan. Ozarbayjon Respublikasi prezidenti. Aliyev bir qancha universitetlar, jumladan O’zbekiston milliy universitetining faxriy Doktori (1997). Rasmiy tashrif bilan O’zbekiston Respublikasida bo’lgan (1997).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TELEGRAM XIZMATLAR
Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar
Kanalga o'tish
Uzpedia.uz