O‘lmas Safayevich Alixo‘jayev (1941 yil 30 iyun, Urganch) — sovet o‘zbek kino aktyori. O‘zbekiston xalq artisti (1983).
O‘lmas Safayevich Alixo‘jayev 1941 yil 30 iyun kuni SSSRda Urganchda tug‘ilgan. A.N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining aktyorlik fakultetiga o‘qishga kirib, 1964 yil tamomlagan.
1963 yil “Farg‘onalik beshovlon” filmida o‘zbekistonlik birinchi komsomolchi Ablulla Nabiyev rolini ijro etib, kinoda ilk bor paydo bo‘lgan. 1964 yildan “O‘zbekfilm” kinostudiyasida ishlashni boshlab, mazkur studiyaning 40 dan ziyod kinofilmlari va telefilmlarida suratga tushadi.
O‘zbekiston va butun SSSR bo‘ylab mashhurlikni rejissyor Yo’ldosh Agzamovning tarixiy filmi “O‘tgan kunlar”dagi (1969) Otabek timsoli hamda rejissyor Shuhrat Abbosovning “Olovli yo‘llar” (1977-1984) badiiy telefilmidagi (serial) o‘zbek shoiri, dramaturg, bastakor, inqilobchi va jamoat arbobi Hamza Hakimzoda Niyoziy rollari olib kelgan.
SSSR yillari u, shuningdek, “Tojikfilm”, “Qirg‘izfilm”, M.Gorkiy nomidagi kinostudiyalarda suratga tushgan. Sovet hukumatidan keyingi davrlarda u O‘zbekiston Ozarbayjon, Rossiya filmlarida suratga tushgan.
2015 yil 25 sentyabr kuni Toshkentda vafot etgan.
Filmdagi saralangan rollari
• 1963 yil - Farg‘onalik beshovlon - Abdulla Nabiyev (“Vladimir Kostin” tomonidan dublyaj qilingan)
• 1964 yil - Ulug‘bek yulduzi - Ali Qushchi (Oleg Golubitskiy tomonidan dublyaj qilingan)
• 1964 yil - Tinchlik davri - G‘ulom Axmedov
• 1965 yil - Momaqaldiroq vaqtida tug‘ilgan (boshqa nomi: “Natasha-xanum”) - Muzaffar
• 1966 - Kaniyuta g‘ori siri - Ubaydulla (Aleksandr Demyanenko tomonidan dublyaj qilingan)
• 1967 - Kul ostida - olov - Safoyev domla.
• 1968 - Hukumat o‘g‘lonlari - ko‘zboylamachi, kontslager mahbusi.