ALIXO’JAYEV



ALIXO’JAYEV O’lmas Safoyevich (1941.30.6, Urganch) — O’zbekiston xalq artisti (1983). Toshkent Davlat teatr va rassomlik san’ati intini tugatgan (1964). 1962-96 yillar “O’zbekfilm”da aktyor. 1996 yildan “O’zbekkino” kompaniyasida bo’lim boshlig’i. 40 dan ortiq filmda suratga tushgan. Asosiy rollari: Ali Qushchi (“Ulug’bek yulduzi”), Muzaffar (“Natashaxonim”), Otabek (“O’tgan kunlar”), Yodgor Hamidov (“Shiddat”), G’ulom Ahmedov, Safoyev (“Tinchlik kunlari”, “Kul ostidagi cho’g'”, Tojikfilm), Sulaymonov (“Davlat chegarasi”, Belorusfilm) va boshqalar. Rollarida kuchli dramatizm, psixologik teranlikka erishdi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz