Alixan Boʻkeyxanov
Alixon Boʻkeyxon (qozoqcha: Әлихан Бөкейхан; 1866, Semipalatinsk — 27-sentyabr 1937, Moskva) — Alash oʻrda hukumati raisi (1917-1920-yillar).
Biografiyasi
Omsk texnik maktabini, keyinchalik Sankt-Peterburg davlat universitetini iqtisodiy fakultetini tamomlagan.
"Semipalatinsk xabarnomasi" gazetasida muharrir bo’lib ishlaydi.
Alixan Bukeyxanov Abay Qoʻnonboyevning birinchi biografi bo’lgan. U haqida gazetada bir nechta maqolalar chiqargan.
1905-yilda Konstitutsiyaviy demokratik partiya (kadet) a'zosi bo’ldi.
Moskvada bo’lib o’tgan Zemstvo majlisida ishtirok etgan barcha xalq deputatlari va kadetlar ichida, uning tashabbusi bilan Qirg’izlar konstitutsiyaviy-demokratik partiyasini tuzish taklif qilindi. 1906-yil yanvarda u "Qirg'iz siyosiy harakati rahbari sifatida" hibsga olndi, lekin bir necha oydan so’ng qo’yib yuborildi.
1906-yilda u Semipalatinskka yetib keldi. Viloyat nomidan Rossiya imperiyasi Davlat Dumasining a’zosi etib sayandi.
Deputat sifatida qirg’iz-qozoq xalqini milliy-ozodlik harakatiga chaqiruvchi Viborg manifestini tuzadi. 1908-yilda yana qamoqqa olinadi.
Qozoq xalqi uchun erkinliklar berish, shuningdek, boshqa fundamental masalalar (yerdan foydalanish, jamoat va davlat) yuzasidan u o’zi tuzgan "Nega men kadet partiyasidaman" konsepsiyasida bayon etgan.
1913-yilda mustaqil "Alash Partiyasi"ga asos soldi va 1917-yilga kelib, yangi Alash oʻrda muxtor davlati tashkil topdi.
1917-1927-yillarda Bukeyxanovga Bolsheviklar tomonidan hamda mafkuraviy va siyosiy raqiblari tomonidan kuchli bosimlar o’tkazilgan. Bukeyxanov bu sharoitda siyosiy va ijtimoiy faol faoliyatini tark qilishga majbur edi.
1930-yilda muxtoriyat “buzg’unchi tashkilot” sifatida tugatildi.
Bukeyxanov Moskvada SSSR Markaziy nashriyot uyida qo’lga olingan va 1937-yil 27-sentyabrda SSSR Oliy sudi tomonidan uni qatl etishga hukm chiqarilgan. Hukm shu kuniyoq ijro qilingan.
Asarlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org