Alitirlash




Alyuminiylash , alitir-lash -yuqori temperaturada ishlatiladigan poʻlat va choʻyan buyumlarning sirtki qatlamini 0,02-1,2 mm gacha alyuminiyga toʻyintirish. Ularning 1100° temperaturagacha kuyindi bardoshliligini va oksidlanishga qarshilik xossasini oshirish maqsadida qilinadi. Bunda alyuminiy oksidlanib, buyumni keyingi oksidlanishdan saqlaydigan oksid parda (A12O3) hosil qiladi. Asosan, kam uglerodli, kamdan-kam hollarda esa oʻrtacha uglerodli poʻlat, kulrang choʻyan va issiqlik taʼsiriga chidamli legirlangan poʻlat buyumlar alyuminiylanadi. Bundan tashqari, A.ning metallash (detal sirtiga alyuminiy kukuni surkalib, diffuzion yumshatiladi); boʻshatish (detal alyuminiy boʻyogʻi bilan boʻyab, diffuzion boʻshatiladi); 700-800° temperaturali 382alyuminiy eritmasida tutib turish va boshqa usullari bor. Avtomobil dvigatellarining klapanlari, gaz turbinalarining kurak hamda soplolari va boshqalarni tayyorlashda A.dan foydalaniladi.



Adabiyotlar



















uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz