Alita: Jangovor Farishta





Alita: Jasur farishta (inglizcha: Alita — Battle Angel) 2019-yilda suratga olingan, 20th Century Fox tomonidan ishlangan Amerika kiberpunk, jangari filmidir. Film gʻoyasi Yukito Kishironing Yaponiyada Gunnm nomi bilan mashhur boʻlgan Battle Angel Alita romaniga asoslangan. Film produseri James Cameron boʻlib, u ushbu filmdan avval Avatar va Titanik filmlarini ishlagan edi.


Alita: Jasur farishta filmi premyerasi AQSh va Oʻzbekistonda 14-fevral, 2019-yilda boʻlib oʻtdi. Teatrlarda RealD 3D, Dolby Cinema va IMAX 3D formatlarida namoyish qilindi. Film mablagʻi $150–200 millionni tashkil etib, kartina dunyo boʻylab $404 milliondan ortiq daromad koʻrishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, film voqealarida 2563-yil tasvirlanadi.




Rollarda




Ishlab chiqaruvchi



Taraqqiyot




Yukito Kishironing Battle Angel Alitasini dastlab filmmaker Guillermo del Toro, James Cameronga taqdim etdi va Cameron darhol konsepsiyaga jalb qilindi.


Shuningdek, „battleangelalita.com“ domen nomi 2000-yil iyun oyi atrofida James Cameron bilan 20th Century Fox tomonidan roʻyxatga olindi. 2003-yilning aprelida Moviehole Cameron tomonidan Jasur Farishta filmi suratga olinishini tasdiqladi.




Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz