Alistair Sylvester





Alistair Sylvester (talaffuzi: Alister Silvester; 1994-yil 29-oktyabrda tugʻilgan) — Kanada vakili sifatida juftlikda musobaqalarida qatnashgan sobiq figurali uchuvchi. Sherigi Hayleigh Bell bilan birga ikki marta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etgan.




Konki uchish faoliyati



Hayleigh Bell bilan



Alistair Sylvester va Hayleigh Bell 2009-yilda juftlik hosil qilgan va ularga Ontario shtatidagi Barrie shahrida joylashgan „Allandale Recreation Centre“ markazida Lee Barkell murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilgi Kanada chempionatida oʻzlarining bosh sovrinini qoʻlga kiritgandan soʻng, 2012-yilda Belarusning Minsk shahrida boʻlib oʻtgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etib, Kanada terma jamoasiga kiritilgan. Juftlik chempionatda qisqa dastur namoyishi bo‘yicha oʻn ikkinchi o‘rin, erkin dasturda esa toʻqqizinchi o‘rin bilan, umumiy hisobda jamoalar oʻrtasida oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan.


Hayleigh Bell / Alistair Sylvester juftligi keyingi mavsumda oʻzlarining birinchi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tomonidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqalarida ishtirok etgan; ular Avstriyada boʻlib oʻtgan Gran-pri turnirida 7, Xorvatiyada esa 6-oʻrinni egallagan. 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Kanada chempionatida qatnashib, chempionlikni qoʻlga kiritgan juftlik, 2013-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etishi uchun Italiyaning Milan shahriga joʻnatilgan. Juftlik chempionatda qisqa dasturda 14-o‘rinni, erkin dasturdan esa 10-o‘rinni egallaganidan holda, umumiy hisob bilan jamoalar orasida 11-o‘rindan joy olgan.



Dasturlari



Hayleigh bilan




Natijalari



GP: Gran-pri ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri



Hayleigh juftlik




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz