Alisson Becker
Alisson Becker (1992-yil 2-oktyabrda tugʻilgan), Alisson Becker yoki oddiygina Alisson nomi bilan tanilgan, braziliyalik professional futbolchi, Premyer-liga klubi „Liverpool“ va Braziliya terma jamoasida darvozabon sifatida oʻynaydi. Yakkama-yakka vaziyatlarda agressiv harakati va doimo oʻziga boʻlgan ishonchi tufayli u dunyoning eng yaxshi darvozabonlaridan biri hisoblanadi. U 2016-yil iyul oyida „Roma“ bilan shartnoma imzolagan va 2017-18-yilda A Seriyaning eng yaxshi darvozaboni bo‘lgan. 2018-yilning iyul oyida „Liverpool“ Bekkerni 66,8 million funt sterling (72,5 million yevro) evaziga sotib oladi va bu uni barcha davrlarning eng qimmat darvozaboniga aylantiradi. „Liverpool“da Becker Premyer-liga, Angliya kubogi, EFL kubogi, UEFA Chempionlar Ligasi va FIFA klublar oʻrtasidagi jahon chempionati sovrindori boʻldi. 2019-yilda u FIFAning eng yaxshi darvozaboni deb topildi va ilk Yashin kubogi sohibi ham boʻldi.
Becker 2015 yilda oʻzining katta xalqaro debyutini oʻtkazgunga qadar Braziliyaning turli yosh toifasidagi jamoalarida mamalakat sharafini himoya qilgan. U 2018 va 2022-yillarda FIFA Jahon chempionatida va 2016, 2019 va 2021-yillarda Copa Amerikada qatnashgan va 2019-yilgi turnirda gʻolib chiqqan va shu bilan birga u eng yaxshi darvozabon nomini ham olgan.
Klublardagi faoliyati
Internacional Alison dastlab 2002-yilda Novo Hamburgo shahridagi „Internacional“ akademiyasiga qabul qilinadi. U 4 yil davomida muvaffaqqiyatli harakat qilgach,2016-yil Italiyaning Roma kulubi bilan shartnoma imzolaydi.
Roma A.Bekker Italiya A seriyasining „Roma“ kulubiga oʻtishini 2016-yil iyul oyida yakunladi. U kulubdagi debyutini shu yilning 17-avgustida UEFA Chempionlar Ligasi „Portu“ga qarshi 1:1 hisobidagi durrang bilan boshlagan. U 2017-2018 yilgi Chempionlar ligasidagi oʻyinlari bilan esda qoldi."Liverpool"ga qarshi oʻyingacha „Olimpiko“ stadionida birorta ham gol oʻtkazib yubormadi.2018-yil 2-may kuni yarim finalda ular 4:2 hisobida gʻalaba qozonganiga qaramay, umumiy hisobda 7:6 hisobi bilan turnirdagi ishtirokini yakunlagan.
Liverpool 2018-yilning 19-iyul kuni „Liverpool“ Bekkerni sotib olganini tasdiqladi. U 12-avgust kuni „Liverpool“ safida debyut qildi va „Vest Xem Yunayted“ga qarshi oʻyinda 4:0 hisobi bilan oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.Avgust oyida Becker Chempionlar Ligasi mavsumining eng yaxshi darvozaboni uchun nomzodlar roʻyxatiga kiritildi va yakunda 2-oʻrinni egalladi. 2019-yilgi FA Community Shieldda „Manchester City“ga qarshi maydonga tushdi va 1:1 hisobidagi durrangdan keyin penaltilar seriyasida 5:4 hisobi bilan „Manchester City“dan ustun keldi.21-dekabr kuni Becker 2019-yilgi FIFA kulublar oʻrtasidagi JCH finalida „Flamengo“ga qarshi kechgan bahsda oʻz darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va ilk bor kulub ushbu kubokni qoʻlga kiritdi.2020-yil 20-sentabrda „Chelsi“ ustidan 2:0 hisobidagi gʻalaba qoʻlga kiritildi.
2021-yilda „Liverpool“ Becker bilan 2027-yilning yozigacha moʻljallangan yangi shartnomani imzoladi.2022-yil 15-mayda Becker kulubi bilan Angliya kubogi sohibi boʻldi.2022-yil 16-oktabrda Becker Muhammad Salohning „Manchester City“ga urgan goliga assistlik qildi.
Shaxsiy hayoti
Bekkerning akasi Muriel ham darvozabon va u ham Internacional kulubidan yetishib chiqqan. Uning otasi tomondan oilasi nemis millatiga mansub boʻlsa, onasi tomondan esa portugal millatiga mansubdir. Alisson italyan, portugal va ingliz tillarida gaplasha oladi.2015-yilda braziliyalik shifokor Natalya Louga bilan turmush quradi. Ularning Xelena(2017-yil tugʻilgan)ismli qizi va Matteo(2019-yilda tugʻilgan)ismli oʻgʻli bor.
Manbalar
uz.wikipedia.org