Alison Burton
Alison Violet Burton (1921-yil 3-noyabr — 2014-yil 9-iyun) avstraliyalik chap qoʻl bilan oʻyanaydigan tennischi edi. U va Joyce Wood 1938, 1939 va 1940-yillarda Avstraliya chempionatida (hozirgi Australian Open) qizlar oʻrtasidagi juftlik musobaqasida gʻolib boʻlishdi.
Biografiyasi
Burton Avstraliyaning Melburn shahrida tugʻilib oʻsgan. U Huntingtower maktabida va Melburn universitetida tahsil olgan.
Maktab oʻquvchisi sifatida Burton 1938 va 1939-yillarda Wilson kubogi oʻyinlarida Viktoriya shtatini himoya qilgan. 1938 va 1939-yillarda u oʻsmirlar oʻrtasidagi Viktoriya chempionatida gʻolib chiqdi va Avstraliya chempioni boʻldi.
1952-yilda u Mary Bevis Hawton bilan hamkorlik qildi va Avstraliya chempionatida ayollar oʻrtasidagi juftlik bahslarida finalga chiqdi.
Shaxsiy hayoti
1946-yil 17-sentyabrda Burton Oksford, Angliya, Linkoln kolleji kapelida avstraliyalik tennischi Robert (Bob) Beyker bilan turmush qurdi. Keyinchalik ular Tasmaniyaga, Beykerning vataniga qaytib kelishdi va Hobartda yashashdi. Ularning qizi Barbara Backer Federal tuman sudining sudyasi boʻlgan va 2021-yilda Tasmaniyaning 29-gubernatori etib tayinlangan.
Burton 2014-yilda Janubiy Hobartda vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org