Alishoh Ragʻib Samarqandiy
Alisha Ragʻib Samarqandiy (arabcha: عليشاه [اليشا/اليشع بن شموئيل] راغب سمرقندى)– samarqandlik yahudiy shoiri, fors tilida ijod qilgan. Buxoro-yahudiy sheʼriyat maktabi vakili hisoblanadi. Alisha Ragʻib Samarqandiy aniq boʻlmagan maʼlumotlarga koʻra 1644-yil Samarqandda tugʻilgan. Hayotining asosiy qismini Samarqandda oʻtkazgan. Alishoh Ragʻib Samarqandiyning otasi savdogarlik bilan shugʻullangan. Oʻzi ham yoshlik yillarida savdo-sotiq bilan shugʻullangan. Keyinchalik esa sheriyat kechalariga borishga qiziqib qoladi. U yerda koʻplab Movarounnahrlik shoir va yozuvchilar bilan tanishgan. Alishoh Ragʻib Samarqandiy ijodi oʻrta asrlar Ispaniya yahudiy shoirlarining ijodi va fors-yahudiy adabiyotidan ilhomlangan, 1667-yil Ispanyaga tijoriy maqsad bilan sayohat qilgan va Ispanya adabiyotiga oid koʻplab kitoblarni ham olib keladi. Keyinchalik esa oʻzi ham kitob savdosi bilan shugʻullanishni boshlaydi, shaharning oʻzida katta kutubxona tashkillashtiradi. 1669-yil oʻzining „Shahzoda va soʻfiy“ (fors. sẖạhzạdh w ṵwfy̱y ) va „Hanuka-noma“ (ḥnwḩạ nạmh – „Xanukka kitobi“) sheʼrlarini yozgan. „Shahzoda va soʻfiy“ Ibrohim ibn Hasdayning „Podshoh oʻgʻli va rohib“ („Ben ha-melech ve-ha-nazir“) haqidagi forscha hikoyasi boʻlib, avvalroq yozilga dostonning qayta ishlanma shakli hisoblanadi. Barlom va Yoʻasaf kabi shoirlar ham ushbu asarga qayta ishlanma yaratishgan. Alisha Ragʻib Samarqandiy „Hanukanoma“ sida yahudiylarning yunonlarga qarshi qoʻzgʻoloni haqida hikoya qiladi, bu asarni Fors-yahudiy shoiri Imroniyning 1524-yilda yozilgan shu nomdagi asaridan ilhomlanib yozgan.
Manbalar
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org