Alisher Xoliqov





Alisher Xoliqov (Eng: Alisher Xoliqov, 27.04.1982; Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sobiq oʻzbek futbolchisi, hujumchi.




Futbolchilik faoliyati



Alisher Xoliqov professional faoliyatini 2000-yilda „Zarafshon Navoiy“ safida boshlagan va 2002-yilning oxirigacha ushbu klubda toʻp surgan. Bu vaqt ichida u 56 ta uchrashuvda maydonga tushib, 18 ta gol urishga erishdi. 2003-yil boshida „Qizilqum“ga oʻtib, ikki mavsum „ oltin izlovchilar “ safida toʻp surgan, bu jamoada 30ta oʻyinda maydonga tushib, 5ta gol urgan.


2005-yil boshida Xoliqov buxoroliklar klubi bilan shartnoma imzoladi, shuningdek, buxoroliklar safida ikki mavsum toʻp surdi va bu mavsumda 65 ta oʻyinda maydonga tushib, 16 ta gol urdi. 2008-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga oʻtib, 2010-yilda ushbu jamoa tarkibida 13 ta gol urib, Oʻzbekiston Oliy ligasining ikki toʻpuraridan (Nosirbek Otaqoʻziyev bilan) biriga aylandi. Xoliqov „Neftchi“ safida jami 69 ta oʻyinda maydonga tushib, 27 ta gol urgan.


2012-yilda yana „Buxoro“ va „Qizilqum“da yarim mavsum toʻp surdi. 2013-yilning birinchi yarmini Navoiyning „Zarafshon“ klubida ijara asosida oʻtkazdi. Oʻsha yilning ikkinchi yarmida u „Qizilqum“ga qaytdi va shu kungacha shu klubda oʻynab kelmoqda.



Yutuqlar




Individual




Manbalar




Havolalar











uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz