Alisher Xoʻjayev





Alisher Joʻraqulovich Xoʻjayev (1963-yili Toshkent viloyatida tugʻilgan) — oʻzbek davlat arbobi. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.



Biografiyasi



1963-yil 26-yanvarda Toshkent viloyatida tugʻilgan.


1985-yili Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Fizika-matematika fanlari nomzodi.


1985—1993-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy-tekshirish institutlari, ishlab chiqarish birlashmalarida faoliyat olib borgan.


1993—1996-yillarda „NKK“ firmasida tizim muhandisi boʻlib ishlagan.


1996-yildan 1998-yilga qadar „KomUzAziya“ kompaniyasi bosh direktori.


1998—2001-yillarda „UzPAK“ kompaniyasi bosh direktori lavozimida mehnat qilgan.


2001—2002-yillarda Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi kotibining oʻrinbosari.


2002—2005-yillarda Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi rahbari oʻrinbosari.


2005-2017 — Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi.


2017-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstona munosabatlar boʻyicha qoʻmita raisi oʻrinbosari.


2017-yil 30-avgustda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi vazifasini bajaruvchi lavozimiga qaytgan.


2020-yil 19-martda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.



Oilasi



Qudasi — Abdulla Aripov, 2016-yildan buyon Oʻzbekiston Bosh vaziri



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz