Alisher Toʻychiyev




 


Alisher Toʻychiyev (tojikcha: Алишер Тӯйчиев, Alişer Tūjciev,) — oʻzbek millatiga mansub tojik futbolchisi, darvozabon.




Klub faoliyati



Futbolni Spitamen shahrining bolalar maktabi („Rodnik“ stadioni uchastkasi) jamoasida boshlagan, keyinchalik „Avtomobilist“ jamoasida toʻp tepgan. 1995-yilda bir guruh „Avtomobilist“ futbolchilari va yordamchi murabbiy Dostonbek Mamirov bilan birgalikda Proletarskdan (Jabbor-Rasulovskiy tumani) „Paxtakor“ jamoasi safiga koʻchib oʻtdi va u yerda 1995-yilda Tojikiston kubogini qoʻlga kiritdi.


Professional futboldagi debyutini 1996-yilda O‘zbekistonning „Yangiyer“ klubida o‘tkazgan, keyinchalik „Nasaf“, „Guliston“, „Mashʼal“ va O‘zbekiston birinchi ligasi klublarida to‘p surgan. 2007-yilni Tojikistonning Bobojon-G‘ofurovning „Parvoz“ jamoasi tarkibida o‘tkazdi. Keyingi yili esa O‘zbekistonga qaytib, Bekobodning „Metallurg“ jamoasida o‘ynadi. 2010 yilda esa „Vaxsh“ darvozasini himoya qilgan.


2011-yildan buyon „Istiqlol“ darvozaboni boʻlib, uning tarkibida Tojikiston chempioni va kubogi sohibi, shuningdek, OFK Prezidenti kubogi sohibiga aylandi.


Bir necha bor, jumladan, 2013-yil, u Tojikistonning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olingan.


2016-yilda esa „Xoʻjand“ klubida o‘ynagan.



Terma jamoadagi faoliyati



U 2008-yilda Tojikiston terma jamoasi safida debyut qilgan, terma jamoa tarkibida 30 dan ortiq oʻyinda ishtirok etgan. 2014 yildan boshlab terma jamoa sardori. 2016-yilning 24-martida Avstraliyaga qarshi safar o‘yinida 7 ta gol o‘tkazib yubordi.



Oila



Katta akasi Bahodir (1973-yil tugʻilgan) ham futbolchi boʻlgan, Tojikiston va Oʻzbekiston klublarida oʻynagan.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz