Alisher Sultonov





Alisher Saidabbosovich Sultonov  — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi boshqaruv raisi (2015-2018), Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti (2017-2018), vitse-prezidenti (2018-2019), Oʻzbekiston Bosh vazirining oʻrinbosari (2017-2022), Energetika vaziri (2019-2022).



Biografiyasi



1984-1989 — A.F.Mojayskiy nomidagi harbiy muhandislik instituti talabasi


1989-1991 — Harbiy xizmatda


1991-1993 — Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Amaliy fizika instituti lazer pribor qurilish boʻlimi texnologi, xalqaro boʻlim texnologi, tijorat boʻlimi yetakchi muhandisi.


1993-1996 — Ijara, qoʻshma va xususiy korxonalar xodimlari va tadbirkorlarning Toshkent shahar kasaba uyushmasi tashkiliy boʻlim mudiri.


1996-1998 — „Oʻzneftniqaytaishlash“ aksiyadorlik kompaniyasi Buxoro neftni qayta ishlash zavodi qurilishi kontrakti bajarilishini taʼminlash boʻyicha direksiyasi asbob-uskunalarni tayyorlash va qabul qilish nazorati boʻyicha bosh mutaxassisi.


1998-1998 — „Oʻztashqineftgaz“ tashqi iqtisodiy aloqalar birlashmasi kontraktlar bajarilishi boʻyicha direksiyasi bosh mutaxassisi.


1998-1999 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi tayyorlangan asbob uskunalarni tekshiruvdan oʻtkazish va sotib olishni nazorat qilish, loyiha hujjatlarini qabul qilish guruhi bosh mutaxassisi.


1999-2002 — „Oʻzbekneftgaz“ milliy xolding kompaniyasi Shoʻrtan gaz kimyo majmuasi qurilishi boshqarmasi boshligʻi.


2002-2013 — „Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi“ unitar shoʻba korxonasi direktori.


2013-2018 — Oʻzbekiston shaxmat federatsiyasi raisi.


2013-2015 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi Prognozlash, resurslar va investitsiya dasturlari bosh boshqarmasi boshligʻi — boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari.


2015-2018 — „Oʻzbekneftgaz“ Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisi.


2017-2018 — Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi prezidenti.


2018-2019 — Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi vitse-prezidenti.


2017-yildan 2022-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari.


2019-yil 16-fevraldan 2022-yil 7-iyungacha — Bosh vazir oʻrinbosari, Energetika vaziri.


2020-yildan 2022-yilgacha — Oʻzbekiston Rowing&Canoe federatsiyasi raisi.



Oilasi



Otasi — Sultanov Said-Abbas Saidaxmedovich — Fanlar akademiyasi ishlar boshqaruvchisi boʻlgan.


Oʻgʻli — Sultanov Saidafzal Alisherovich — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi jinoyat-qidiruv bosh boshqarmasi tezkor vakili.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz