Alisher Shodmonov
Alisher Kayumovich Shadmanov (oʻzbekcha: Алишер Каюмович Шодмонов/Alisher Qayumovich Shodmonov) — Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (2020-yildan), Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri (2017—2020). Tibbiyot fanlari doktori, professor.
Hayoti
1962-yil 10-mayda Fargʻona viloyati Oltiariq tumanida tugʻilgan.
1979—1985-yillarda Andijon tibbiyot instituti talabasi.
1985—1987-yillarda Andijon tibbiyot instituti urologiya mutaxassisligi boʻyicha klinik ordinatori.
1987—1990-yillarda Moskva malaka oshirish instituti urologiya kafedrasi aspiranti.
1990—1993-yillarda Andijon davlat tibbiyot institutining jarrohlik fakulteti kafedrasi urologiya kursi assistenti, davolash fakulteti dekani oʻrinbosari.
1993—1996-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi bosh shifokori.
1996—2000-yillarda Andijon shahar Sogʻliqni saqlash boʻlimi mudiri.
2000—2004-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Maʼnaviyat va maʼrifat ishlari boʻyicha prorektori.
2004—2009-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti dekani.
2009—2010-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.
2010—2015-yillarda Andijon davlat tibbiyot instituti rektori.
2016—2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik Palatasi deputati.
2017-yil 21-fevraldan 2020-yil 2-noyabrgacha Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri.
2019-yil 20-maydan shuningdek, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti assambleyasi vitse-prezidenti.
2020-yil 2-noyabrdan 2023-yil 7-avgustgacha Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori.
2023-yil 7-avgustdan Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining birinchi oʻrinbosari.
Manbalar
uz.wikipedia.org