Alisher Shayxov
Alisher Erkinovich Shayxov (1956-yil 7-noyabrda Toshkent viloyati Boʻka tumanida tugʻilgan) — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi (2006-2017).
Biografiya
1979-yil Toshkent universiteti Sharqshunoslik fakultetining tarix boʻlimini tamomlagan. Mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi. 1983-yil iqtisod fanlari nomzodi boʻlgan.
1979-1992 — Sharqshunoslik instituti Ilmiy Akademiyasining ilmiy xodimi, direktor oʻrinbosari.
1987-1988 — Misr Arab Respublikasi Qohira universitetida ish oʻrganuvchi.
1992-1993 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish istiqbollari va tahlili bosh boshqarmasi boshligʻi.
1993-1994 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish boʻlimi boshligʻi.
1994-1995 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari.
1995-1996 — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Tashqi iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Departamenti boshligʻi.
1996-1998 — Oʻzbekiston Respublikasining Olmoniya va Avstriya Respublikasidagi elchisi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
1998-2001 — Oʻzbekiston Respublikasining Yaponiyadagi elchisi.
2001-2004 — Oʻzbekiston Respublikasining Benilyuks mamlakatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi, Yevropa Ittifoqi va NATO huzuridagi Oʻzbekiston missiyasi boshligʻi.
2004-2005 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
2005-2006 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.
2006-2017 — Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.
2017-2019 — Oʻzbekistonning Birlashgan Qirollikdagi favqulodda va muxtor elchisi..
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org