Alisher Saipov
Alisher Soipov (oʻzbekcha: Alisher Soipov, Алишер Соипов ; 1981-yil 4-sentabr – 2007-yil 24-oktabr) – qirgʻizistonlik, millati oʻzbek. O'zbek jurnalisti. Mamlakatdagi oʻzbek ozchilikka mansub “ Siyosat” gazetasining bosh muharriri boʻlib, qoʻshni Oʻzbekistonda inson huquqlari poymol etilishi haqida xabar bergan. Soipov Oʻzbekiston prezidenti Islom Karimov va uning hukumati haqida tez-tez tanqidiy maqolalar yozgan. U Oʻzbekiston qamoqxonalaridagi qiynoqlar, muxolifatga nisbatan bosim va islom radikalizmining kuchayishi haqida koʻp yozgan. Ozodlik va Amerika Ovozi radiolarida muxbir sifatida ham ishlagan. 2007-yilning 24-oktabrida O'sh shahridagi ofisining oldida yaqin masofadan otib o'ldirilgan
Jurnalistik faoliyati
Soipov Oʻzbekiston siyosati haqida xolis va tanqidiy mavzularni yoritgan. Jurnalistlarni himoya qilish nodavlat tashkiloti qoʻmitasi (CPJ)ga koʻra, Soipov oʻlimidan bir oy oldin O'zbekiston davlat nazoratidagi oʻzbek matbuotida hujumlarga uchragan va oʻzbek xavfsizlik agentlari uni kuzatib borayotganini aytgan.
BBC News muxbiri Natalya Antelava: “Alisher Soipov yigirma olti yoshida Markaziy Osiyodagi eng ochiq gapiradigan jurnalistlardan biri edi" deydi. U Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov qamoqxonalaridagi qiynoqlar, muxolifatga nisbatan bosim va Qirgʻizistonda yashayotgan oʻzbek qochqinlarining ahvoli haqida koʻp yozgan”
Qotillik va tergov
2007-yilning 24-oktabrida Soipov Oʻshdagi idorasi oldida yaqin masofadan noma'lum shax tomonidan otib oʻldirilgan. Uning turmush o'rtog'i va uch oylik qizi qolgan. Xalqaro Amnistiya Qirgʻiziston hukumatini jurnalistlarni yaxshiroq himoya qilishga hamda Soipov oʻldirilishi boʻyicha tergovni “puxta, xolis va xalqaro qoidalarga mos” oʻtkazishga chaqirgan.
2007 va 2008-yillarda qirgʻiz tergovchilari qotillikka oʻzbek xavfsizlik xizmatlari aloqador boʻlishi mumkinligi haqidagi iddaolarni tekshirayotganini aytishgan. Xalqaro Inqiroz Guruhi nohukumat tashkiloti oʻzbek agentlari javobgarlikka tortilishiga "kuchli gumonlar" borligini ma'lum qilgan.
2009-yilning aprel oyida rasmiylar qotillikda ayblanib, sobiq militsiya xodimi Abdufarit Rasulovni hibsga olganliklarini va qotillik qurolini topganliklarini e'lon qilishgan. Biroq Oʻsh shahar sudi sudyasi mahkama uchun dalillar yetarli emas, degan qarorga kelgan. Prokurorlar apellyatsiya ariza berib, sudya almashtirilgan. Uznews xabariga koʻra, Rasulov qotillikka aloqadorligini rad etib, militsiya tomonidan kaltaklanganini aytgan. “Ozod Yevropa” radiosi qarorni tanqid qilib, “Tergov atrofidagi chalkashliklar va qarama-qarshiliklar Soipov qotillarini amalda jazosiz qoldirgan va Qirgʻiziston hukumatining ishni hal qilishga sodiqligi haqida savollar tugʻdirdi”, deb ta’kidlagan. 2010-yilda Rasulov aybdor deb topilib, yigirma yillik qamoq jazosiga hukm qilingan.
2012-yil 25-oktabrda Qirgʻiziston ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Melis Turganboyev qotillik boʻyicha yangi tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org