Alisher Navoiy masjidi (Kogon)
Alisher Navoiy jomeʼ masjidi — Oʻzbekistonning Buxoro viloyati Kogon shahrida joylashgan jomeʼ masjid. Shaharning gʻarbiy qismida bunyod etilgan ilk va yagona masjid.
Masjidning ilk binosi 1989—1991-yillarda 10x10 metr maydonda bunyod etilgan. 1992-yilda masjidga 600 m² yer maydoni ajratib berilgan. 1994-yilda masjidni kengaytirish ishlari boshlanib, tahoratxona va ayvon qurilgan. 1999-yil Davlat Adliya boshqarmasi roʻyxatidan oʻtkazilgan. Yillar mobaynida masjid hududi kengayib borgan va 2012-yilda 733 m² ga yetgan. 2016-yilda masjidning asosiy binosi toʻliq rekonstruksiya qilingan. 2018—2019-yillar davomida masjidda qurilish ishlari olib borilib, masjid ayvoni kengaytirilgan, tahoratxona qayta qurilgan.
Turli yillarda Roib Loyiqov (1991—1999), Toʻlqin Safarov (1999—2017), Afzal Kamolovlar (2017—hozirgacha) masjidga imom etib tayinlanishgan.
2020-yil 31-oktyabrda payvandlash xavfsizligi qoidalarining buzilishi sababli yongʻin sodir boʻlib, natijada masjid yordamchi binosining 35 m² tom qismi yongan.
Hozirda masjidning eski binosi oʻrnida yangi zamonaviy koʻrinishdagi masjid binosi qurilyapti.
Yana qarang
Manbalar
uz.wikipedia.org