Alisher Navoiy jome masjidi (Navoiy)
Hazrat Alisher Navoiy masjidi (Navoiy) — Navoiy viloyati, Navoiy shahri, Gʻalaba koʻchasida joylashgan yodgorlik. Alisher Navoiy masjidi Oʻzbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimov topshirigʻi va tashabbusi bilan 2006-yilda bunyod etilgan.
Masjid tashqi fasadi romb shaklida boʻlib, gumbaz bilan qoplangan. Masjid pishiq gʻishtdan qurilgan boʻlib, xonaqohida ikkita ustun mavjud. Bino uch qismdan iborat: xonaqoh, ark ava yertoʻla. Mazkur majmuaning umumiy maydoni 1,20 gektarni tashkil etib, 2500 namozxonga moʻljallangan. Masjid balandligi 31 metrni tashkil etib, tashqi koʻrinishdagi ayvoni 5 metr. Masjid hududida hovuz va favvora ham mavjud.
Jome masjidining kirish qismida peshtoq mavjud va ravoqlarida naqshinkor kitobalar bitilgan. 2006-yilda xattot Abdulgʻafur Razzoqov tomonidan masjid kitoba bitiklari chizmalarini yaratilgan. Masjid peshtoqining oʻng tomonida suls xatida shunday yozilgan: „Alloh, ulugʻvorligi ulugʻ boʻsin“ kalimasi, chap tomonida esa „Muhammad, unga Allohning salovati va salomi boʻlsin“ kalimasi keltirilgan. Peshtoq arkasining oʻng tomonidagi devor tepasida nastaliq xatida oʻzbek tilida masjid nomi yozilgan. Shu yozuv yana chap tomondagi devorda ham oʻzbek alifbosida krill yozuvida keltirilgan. Masjid gumbazi aylanasi tepa qismida, muqarnasli sharafa ostida kitoba bitik ikki qator qilib yozilgan. Pastgi bitik oq rangli harflarda Qur’oni Karimdagi „Baqara“ surasi 255-256-oyatlari „Oyat ul-Kursiy“ suls xatida, yuqori qatorda sariq rangdagi harflar bilan kufiy xatida „Alloh barcha ayb-nuqsonlardan pok zod“, „Alloh — maqtovga loyiq. Alloh — buyuk“ kalimalari takror ravishda keltirilgan. Masjid xonaqohi peshtoqida Qur’oni Karimning „Jin“ surasi 18-oyati keltirilgan boʻlib, oʻng va chap tomonlarida kitoba bitiklar yana takrorlangan.
Manbalar
Adabiyotlar
Ilmiy adabiyotlar
Havolalar
uz.wikipedia.org