Alisher Kurmanov





Alisher Anvarovich Kurmanov (1965-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina va Moldova davlatlaridagi favqulodda va muxtor elchisi.



Biografiya



1990-yilda Toshkent davlat universitetining sharqshunoslik, 1994-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining iqtisodiyot fakultetini tamomlagan. Rus, ingliz va arab tillarini biladi.


1987-1989 — „Soyuztransgaz“ ittifoqining tarjimoni (Liviya).


1991-2000 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida turli lavozimlarda ishlagan.


2000-2007 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat protokoli boshqarmasi boshlig‘i.


2007-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.


2011-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Avstraliyadagi favqulodda va muxtor elchisi.


2013-2014 — O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi.


2014-2014 — Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.


2014-2015 — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.


2015-2017 — O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi.


2017-2020 — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi.


2020-yil iyun oyidan O‘zbekiston Respublikasining Ukraina va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi.


2020-yil 11-dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz