Alisher Jalilov




 




Alisher Lutfulloyevich Jalilov (tojikcha: Алишер Ҷалилов, ruscha: Алишер Лутфуллоевич Джалилов, forscha: ‌علی‌شیر لطف‌الله‌یویچ جلیلوف, 1993-yil 29-avgust, Dushanbe) – tojikistonlik professional futbolchi, "Istiqlol" da yarim himoyachi. Jalilov Rossiya fuqaroligiga ham ega va 2013-yilda Rossiyaning bir qancha yoshlar futbol terma jamoalarida, jumladan, U-21 terma jamoasida oʻynagan.




Futbolchilik faoliyati



Klub



Jalilov Rossiya Premyer-ligasidagi debyutini 2011-yilning 18-iyunida Qozonning „Rubin“ klubi tarkibida „Rostov“ jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazdi.


2017-yil 12-iyunda u Kaliningradning „Baltika“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.


2021-yil dekabr oyida Jalilov ikkinchi marta Tojikistonda yilning eng yaxshi futbolchisi deb eʼlon qilindi. Alisher avvalroq 2019-yilda ham xuddi shunday sovrinni qoʻlga kiritgan edi.


2022-yilning yanvarida Jalilov Oʻzbekiston Superligasi ishtirokchisi Olmaliqning „AGMK“ jamoasi bilan shartnoma imzoladi.


2023-yil 9-fevral kuni "Istiqlol" klubi Jalilovning jamoaga qaytishini eʼlon qildi.



Xalqaro



2019-yilning may oyi oxirida Jalilov ilk bor Tojikiston milliy terma jamoasiga Afgʻoniston va Xitoyga qarshi oʻyinlari uchun chaqirilgan edi. Ammo Jalilov 2019-yilning 3-iyunida tizzasidan olgan jarohati tufayli jamoadan chetlatilgan edi. 2019-yilning 18-iyul kuni Jalilov Tojikiston terma jamoasida oʻynash uchun FIFAdan xalqaro ruxsat oldi. 2019-yilning 5-sentabr kuni futbol boʻyicha Jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichida Qirgʻizistonga qarshi oʻyinda milliy terma jamoa safidagi ilk golini urdi.



Karyera statistikasi



Klub



match played 19 Septmeber 2023[9]


Xalqaro



match played 17 June 2023[10]

Terma jamoa uchun gollar



Ballar va natijalar birinchi boʻlib Tojikistonning gollar sonini sanab oʻtadi.

Yutuqlar



Istiqlol




Individual




Manbalar




Havolalar










uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz