Alisher Amanturdiyev
Alisher Balkibayevich Amanturdiyev (1961-yil 18-aprel, Toshkent viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, agronom olim, qishloq xoʻjaligi fanlari doktori (2018), professor (2023).
Biografiyasi
Alisher Amanturdiyev 1961-yil 18-aprel Toshkent viloyatida tugʻilgan. Toshkent qishloq xoʻjalik institutining agronomiya fakultetini tamomlagan (1983). Butunittifoq gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy-tadqiqot institutining aspiranti (1983—1986), ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, laboratoriya mudiri (1987—1998), Respublika qishloq xoʻjalik ekinlari birlamchi urugʻchiligi va urugʻshunoslik stansiyasi direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari (2000—2006), Gʻoʻza seleksiyasi va urugʻchiligi ilmiy tadqiqot instituti bosh direktori (2006—2013), bir vaqtning oʻzida institutning „Suv tanqisligi va shoʻrga chidamli gʻoʻza navlari seleksiyasi“ laboratoriyasi mudiri (2011-yildan hozirgacha), Qishloq xoʻjaligi vazirligi tassaruffidagi respublika gʻoʻza urugʻchiligi markazi boshligʻi (2017—2018).
Ilmiy faoliyati
Olim gʻoʻzaning ertapishar „Omad“, S-8286, S-8290, S-6560, S-8284, S-8294, Sirdaryo-1 gʻoʻza navlarining asosiy mualliflaridan biri hamda suv tanqisligi va shoʻrga kompleks chidamli, yirik koʻsakli, tola chiqimi va sifati yuqori Guliston, S-5706, S-5707, S-5709, S-5710, S-5712, S-5713 navlari, 20 dan ortiq patent, 6 ta monografiya va 212 ta ilmiy maqolalari muallifi.
Manbalar
uz.wikipedia.org