Alisan Porter





Alisan Ley Porter (1981-yil 20-iyunda tugʻilgan) — amerikalik pop, rok hamda kantri qoʻshiqchisi, aktrisa va raqqosa. Bolaligida Porter „Parenthood“, „Stella“ hamda „I Love you to death“ filmlarida rol ijro etgan. Uning asosiy roli 1991-yilda, Jim Belushi bilan „Curly Sue“ filmida bosh rolni ijro etgandan keyin keldi. Bu filmdagi roʻli unga katta mashhurlik va muvaffaqiyat olib keldi.


Voyaga yetganidan soʻng Porter musiqiy teatrda rollarni, shu jumladan, „The Commandments: The Musical“ filmidagi rollarni ijro etgan. 2009-yilda yakkaxon albomini xalqga taqdim etdi. 2016-yilda u NBC telekanali „The Voice“ tanlovi uchun tinglovda qatnashi va Kristina jamoasida joy egalladi. Oʻsha yilning may oyida Porter 10-mavsumda gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.




Hayoti va martabasi



Porter bolaligida bir nechta filmlarda rol ijro etgan.U 1991-yilda Jim Belushi bilan bir qatorda „ Curly Sue“ filmida bosh rol oʻynagani unga shuhrat keltirdi. Televizorda u 1989-yilda ABCning qisqa muddatli „Chicken soup“ tele-dasturida Lin Redgravening kenja qizini rolini oʻynagan. Keyingi yili esa u „Perfect Strangers“ning yangi doimiy aktyori boʻlishi rejalashtirilgan edi, biroq uning xarakteri faqat bitta epizoddan soʻng tushib ketdi.


Porter 18 yoshida Brodvey shoularida tinglash uchun Nyu-Yorkka koʻchib oʻtgan. U „Footloose“ shousida Urlin rolini ijro etgan. Los-Anjelesga koʻchib oʻtganidan keyin Val Kilmer, Adam Lambert hamda Brodvey yulduzi Loren Kennedi bilan birga musiqali filmda Miriam rolini ijro etgan. Variety uning „Light of a new day“ spektaklini „ajoyib“ deb taʼkidlaydi.



„The Voice“(2016)



2016-yil 29-fevralda u „The Voice“ning 10-mavsumida ishtirok etdi hamda koʻr-koʻrona tinglash uchun „Blue Bayou“ qoʻshigʻini irjo etgan. Barcha toʻrtta murabbiy — Kristina Agilera, Adam Levin, Bleyk Shelton va Farrel Uilyams — uning uchun stullarini aylantirdi. Soʻngra Agilerani unga murabbiy sifatida tanladi.



Shaxsiy hayoti



Porter alkogolizm hamda giyohvandlik bilan kurashini ochiq muhokama qilgan edi. U 2007-yil 28-oktabrdan beri hushyorligini taʼkidlab oʻtdi.


2012-yil 10-martda Porter Kaliforniyada meva eksportchisi va sobiq bolalar seriali aktyori Brayan Autenriet bilan turmush qurdi. Er-xotinning ikki farzandi bor: oʻgʻli Meyson Blez (2012-yil 17-iyul) va qizi Aria Sage Autenrieth (2014-yil 8-may). 2017-yil 18-dekabrda Porter Twitter’da er-xotin mart oyida ajrashganini maʼlum qildi. „Achinarli va samimiy eslatma bilan Brayan va men mart oyida munosabatlarimizni tugatdik. Biz yaqin doʻst boʻlib qolamiz hamda ajoyib bolalarimiz uchun doimo qoʻlimizdan kelganini qilishga intilamiz“deb post qoldirdi.



Mukofotlari va nominatsiyalari



Alisan Porter 1992-yilda „Best Young Actress“ mukofotiga „Curly Sue“ filmi uchun nomzod boʻlgan. Shuningdek, u 1993-yilda „Curly Sue“ filmi ushu nominatsiyada gʻolib chiqgan va mukofotni qoʻlga kiritgan.









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz