Alisa Yoffe





Alisa Danilovna Yoffe (inglizcha: Alisa Yoffe. 1987-yil, Toshkent) – rus rassomi.




Tarjimai holi



Alisa Yoffe 1987-yilda Toshkent (OʻzSSR) shahrida tavallud topgan.


2005–2007-yillarda MMSIdagi Yuriy Shabelnikovning ustaxonasiga borib turgan.


Danilovna 2007–2008-yillarda Moskvada zamonaviy sanʼat institutida tahsil olgan.


2008-yildan 2009-yilgacha Anatoliy Osmolovskiyning seminarlarida ishtirok etgan.


Alisa 2015-yilda Rossiyadagi eng istiqbolli yosh rassomlardan biri deya Forbes jurnalida nomi chiqqan.


2015-yilda „Pank-Franksiya Krasnix Brigad“ guruhi uchun „Pesni dlya Margeriti Kagol“ albomining muqovasini yaratdi.


Rassom 2018-yilda Rossiyaning 49ART sarmoyaviy sanʼat reytingiga kiritilgan.


Alisa 2017-yildan 2019-yilgacha COMME des GARÇONS moda brendi bilan hamkorlik qilgan. Shuningdek, Maison Margiela, Cartier, Bonne Suits va Virronen brendlari bilan ishlagan.


2019-yilda fotograf Igor Muxinning „Moscow Light“ kitobi uchun muqova muallifi boʻlgan.


Yoffe 2020-yilda The Art Newspaper Russia ekspertlar va hakamlar hay’ati ishtirokida Rossiyadagi yosh sanʼat reytingini tuzdi. Alisa Yoffe 4-oʻrinni egallagan eng istiqbolli 50 ta rassom qatoriga kirdi. Oʻsha yili Afisha Daily veb-sayti uni Rossiyaning eng yaxshi yosh rassomlari oʻntaligiga kiritdi.




Rassom COSMOSCOW, SAM FAIR, DA! zamonaviy sanʼat yarmarkalarida qatnashgan.


Hozirda rassom Tbilisida (Gruziya) yashaydi va ishlaydi.



Mukofoti va unvonlari



Alisa Yoffe Iosef Brodskiy fondi stipendiyasi (2017) va Demyan Bedniy nomidagi „Levaya perspektiva“ mukofoti sohibasi (2021).



Shaxsiy koʻrgazmalari



Alisa Yoffe 2022-yil – „No war“, Gruziya parlamenti, Tbilisi;


2022-yil – „Kletka“, TsTI Fabrikasi, Moskva;


2021-yil – „Sluchay“, TsTI Fabrikasi, Moskva;


2021-yil – „Penisi“, TsTI Fabrikasi, Moskva;


2021-yil – „Lenta novostey“, TsTI Fabrikasi, Moskvada shaxsiy koʻrgazmalarini oʻtkazgan.



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz