Alisa (ovoz yordamchisi)





Alisa - Yandex tomonidan ishlab chiqilgan virtual ovoz yordamchisi. Mahsus algoritmi tufayli qurilma bilan bog'liq turli vazifalarni bajarishi, tabiiy ovozni tushunishi, savollarga javob berishi, jonli ovozni taqlid qilishi mumkin. Alisa smartfonlarda, kompyuter va avtomobillarda ishlaydi. 2019-yil dekabr oyi holatiga 45 mln foydalanuvchiga ega




Tarixi



Alisa o'z raqobatchilari: Siri, Google Assistant, Amazon Alexa, Cortanalardan kech 2016-yilda ishlab chiqila boshlandi. Rasmiy nashr 2017-yil 10-oktabr sanasiga to'g'ri keladi: Yandexning Android va IOS uchun ishlab chiqilgan qidiruv tizimlarida hamda sinov talqinida Microsoft Windowsda ishlay boshladi.


2018-yil holatiga ko'ra Alisa Rosiyadagi smartfonlarning 53%da hamda 20 mlndan ortiq avtomobillarda o'rnatilgan




«Alisa»ning shakllanishi



Vladimir Guriyev boshchiligidagi jamoaning «Alisa»ning shakllanishidagi o'rni beqiyos hisoblanadi. Alisaning ovozi dublyaj aktrisasi Tatyana Shitova'ga tegishli. Bundan avval u OS1 operatsion tizimi obrazi uchun ovoz bergan edi.


Ovoz yordamchisi uchun ism tanlash bir necha bosqichda amalga oshirildi. Misol uchun bolalar talaffuz qilishi qiyin bo'lgan "R" bo'lmasligi kerak edi.



Texnologiyalar



Alisa Yandexning bir nechta dasturlariga biriktirilgan bo'lib, bular: qidiruv dasturi, Yandex.Navigator va Yandex.Browser'ning mobil hamda desktop talqinlari.


Asisstent bilan aloqa ovoz yoki klaviatura orqali amalga oshiriladi. Alisa javobni muloqot oynasida ko'rsatishi yoki kerakli havolani, dasturni ochib beradi. Bundan tashqari musiqani yoqish, uyg'otgich hamda taymer o'rnatishi, har-hil o'yinlar o'ynashi mumkin.


Alisa bugungi kunda faqat Rus tilini tushunadi. Uning Turk tilini tushunuvchi talqini Yandex.Navigator'dagina mavjud.



Alisa uchun eng yaxshi buyruqlar



Quyida dastur tomonidan yaxshi javob beriluvchi buyruqlar ro'yhati keltirilgan:




Bundan tashqari Alisa uchun yana ko'plab mahsus buyruqlar ishlab chiqilgan



Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz