Alisa Agafonova





Alisa Aleksandrovna Agafonova (ukraincha: Аліса Олександрівна Агафо́нова; 1991-yil 15-yanvarda tugʻilgan) — Turkiya vakili sifatida muz ustida raqs musobaqalarida qatnashgan sobiq muz raqqosasi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Alper Uçar bilan birga ikki marta Qishki Olimpiya oʻyinlarida (2014 va 2018) ishtirok etgan va sakkizta xalqaro medalni qoʻlga kiritgan, shu jumladan 2011-yilgi qishki Universiadada kumush va Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan musobaqalarida uchta medal sohibi boʻlgan. Juftlik olti marta Yevropa chempionati va toʻrt marta Jahon chempionatida ishtirok etgan.


Ukraina vakili sifatida Dmitriy Dun bilan msuobaqalarda qatnashgan Agafonova Xalqaro konkida uchish ittifoqi tomonidan oʻtkazilgan Osmirlar oʻrtasidagi Gran pri seriyasida beshta medalni qoʻlga kiritgan va Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida 7-oʻrinni egallagan (2008).




Faoliyati



Uçar bilan birinchi uch mavsum



Alisa Agafonova 2010-yilda turkiyalik Uçar bilan juftlikda Turkiya terma jamoasi vakili sifatida musobaqalarda qatnashgan. Ular 2011-yilgi qishki Universiada turnirida kumush medalni qoʻlga kiritigan.


Agafonova / Uçar juftligi 2012-yilda Angliyaning Sheffild shahrida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida 26-oʻrinni, 2012-yili Fransiyaning Nice shahrida boʻlib oʻtgan Jahon chempionatida 31-oʻrinni egallagan.


Agafonova/Uçar juftligiga dastlab Konnektikut shtatining Stamford shahrida Natalya Dubova va Oleg Voyko murabbiylik qilgan. Juftlik 2012-yilning dekabr oyida murabbiylarini almashtirib, Rossiyaning Moskva shahriga koʻchgan holda, murabbiylar Aleksandr Julin va Oleg Volkov qoʻl ostida musobaqalarga tayyorgarlik koʻra boshlagan. Juftlik 2013-yilda Xorvatiyaning Zagreb shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 13-o‘rindan, 2013-yilda Kanadaning Ontario shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 28-o‘rindan joy olgan.



2013 — 2014-yilgi mavsum



Agafonova / Uçar juftligi oʻz mavsumini 2013 Nebelhorn Trophy turnirida boshladi, bu oxirgi Olimpiya uchun saralash turniri edi. Juftlik 5-o‘rinni egallab, muz ustida raqs bo‘yicha Olimpiadada qatnashish uchun Turkiya vakili sifatida yoʻllanma olgan. Juftlik 2013 NRW Trophy musobaqasida kumush medalni qoʻlga kiritgan.


Agafonova / Uçar juftligi 2014-yilda Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa chempionatida 17-o‘rinni egallagan. Fevral oyida ikkalasi 2014-yil Rossiyaning Sochi shahrida boʻlib oʻtgan Qishki Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan. Juftlik 2014-yil mart oyida Yaponiyaning Saitama shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida 20-o‘rindan joy olgan.



Dasturlari



Uçar bilan




Natijalari



GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri



Uçar bilan




Manbalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz