Alina l'Ami




 


Alina l’Ami (née Moţoc; talaffuzi: Alina L'Ami 1985-yil 1-iyunda Yași shahrida tugʻilgan) — ruminiyalik ayol shaxmatchi, xalqaro magistr (IM) va ayol grossmeyster (WGM) unvonlariga ega.


Alina l’Ami 1995-yili shaxmat boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatining 10 yoshgacha boʻlgan qizlar toifasida va 2002-yili shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining 18 yoshgacha boʻlgan shaxmatchilar turnirida qizlar toifasida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. Shuningdek, 2002-yilda l’Ami Istanbulda boʻlib oʻtgan ayollarning Bolqon individual shaxmat oʻyinlar chempionatida ham gʻolib boʻldi. 2013-yilda u Sofi Milliet bilan Indoneziyaning Jakarta shahrida 8-chi Japfa shaxmat festivalining ayol grossmeysterlari turnirida gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi. Keyingi yili l’Ami FIDE ayollar Gran-prisining 2013—2014-yilgi Sharja bosqichida ishtirok etdi.


Gollandiyada u birinchi marta Hilversum shaxmat jamiyatida, 2011-yildan esa Bunschoten — Spakenburgdagi En Passantda shaxmat oʻyinlarida ishtirok etgan.


Ruminiya terma jamoasi tarkibida u beshta Olimpiada (2004, 2008-2014), yettita jamoaviy Yevropa chempionati (2003, 2007-2017) va Ostonadagi 4-jahon chempionati (2013) ishtirokchisi hisoblanadi.



Hayoti



L’Ami Yashi shahridagi Aleksandru Ioan Kuza universitetining psixologiya yoʻnalishini oʻqishni tamomlagan. Alina l’Ami gollandiyalik shaxmat grossmeysteri Ervin l’Ami bilan oila qurgan.


Alina l’Ami oʻzining twitterdagi sahifasida shaxmatdagi oʻyinlarga quyidagicha tarif beradi: „Gʻoliblik hamma narsa degani emas, shuningdek, magʻlubiyat ham hech qanday ahamiyatga ega emas“.



Manbalar




Havolalar









uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz