Alina Jidkova
Alina Vladimirovna Jidkova (1977-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — rossiyalik sobiq professional tennischi. Faoliyati davomida
Jidkova 2005-yilda Meksika Ochiq chempionatida WTA juftlik chempionligini qoʻlga kiritdi. Shuningdek, u ITF musobaqalarida toʻqqizta yakkalik va toʻqqizta juftlik chempionligini qoʻlga kiritgan. 2005-yil mart oyida
Jidkova dunyodagi eng yaxshi yakkalik musobaqalar reytingida 51-oʻrinni egallagan boʻlsa, 2003-yil avgust oyida u juftliklar reytingida 50-oʻrinni egalladi.
Yoshligi
Alina Sovet Ittifoqining oʻsha paytdagi poytaxti Moskvada muhandis va sobiq professional ogʻir atletikachi Vladimir va maktab oʻqituvchisi, 100 metrga yugurish boʻyicha sportchi Lina oilasida tugʻilgan. Uning bir akasi bor, Dmitriy, sobiq bokschi, hozirda u qurilish biznesiga ega. Alina oʻzining dastlabki yillarini Moskvaning „Spartak“ tennis klubida oʻtkazdi. Keyinchalik Alina Qoʻshma Shtatlarga koʻchib oʻtdi va Floridadagi Nik Bolletyrening tennis akademiyasida tahsil oldi.
Tennis faoliyati
2004-yilda u Serena Wlliamsni toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etib, Generali Ladies Linz musobaqasining chorak finaliga chiqdi. Williamsdan tashqari, Alina Yelena Yankovich, Mery Peers, Samantha Stosur, Alisia Molik, Chanda Rubin, Amanda Coetzer, Brenda Shults-MacCarti, Amy Frazier, Petra Martich va boshqa taniqli tennischilarga qarshi baxslarida gʻalaba qozongan. 2005-yilda Alina Tatyana Perebiynis bilan hamkorlikda Akapulkoda boʻlib oʻtgan WTA Tour turnirining juftlik bahslarida gʻolib chiqdi.
Nafaqa va murabbiylik faoliyati
2010-yilgi mavsum oxirida
Jidkova professional tennisni tark etdi. Uning soʻnggi rasmiy yakkalik oʻyini 2016-yilgi Olimpiya chempioni Monika Puigga qarshi oʻtkazildi. Keyinchalik u Galina Voskoboyeva, Kseniya Pervak va Kaia Kanepi uchun murabbiy boʻlib ishlagan. Murabbiy sifatida Alina Jidkova Kaia Kanepi bilan 2017-yilda AQSH Ochiq chempionati turnirining chorak finaliga chiqdi.
Shaxsiy hayoti
Jidkova Florida shtatining Boca Raton shahrida istiqomat qiladi va tadbirkor Sascha Ghodsga turmushga chiqqan. Jidkova va Sascha Ghods 2010-yil 18-dekabrda Avstriyaning Vena shahrida boʻlib oʻtgan marosimda turmush qurishdi.
WTA karyera finallari
Juftliklar: 4 (1 ta chempionlik, 3 ta ikkinchi oʻrin)
Manbalar
uz.wikipedia.org