ALIMUHAMEDOV SULTON NURMATOVICH



ALIMUHAMEDOV SULTON NURMATOVICH (1929.1.1, Toshkent) — agronom-entomolog, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1981), biologiya fanlari Doktori (1976), professor (1980), Toshkent qishloq xo’jaligi institutini tugatgan (1950), shu institutda assistent, dotsent (1950-61), zoologiya va entomologiya kafedrasi mudiri (1961-65). O’rta Osiyo o’simliklarni himoya qilish ilmiy tadqiqot instituti direktori (1965— 92), 1993 yildan shu institutda bo’lim mudiri. O’zbekiston entomologlar jamiyati raisi (1970 yildan). Alimuhamedovning ilmiy ishlari paxta va don mahsulotlarini akoroid kanalar va boshqa zararkunandalardan saqlash tadbirlari, biologik himoya usullariga bag’ishlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz