ALIMUHAMEDOV ERKIN XAYDAROVICH (1939.18.12, Toshkent) — O’zbekiston Qahramoni (1995). Mehnat faoliyatini 1959 yilda V. P. Chkalov nomidagi Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasining parchinlovchi slesari bo’lib ishlashdan boshlagan, 1959— 62 yillarda armiya safida xizmat qildi. 1963 yildan hozirgacha Toshkent aviasiya ishlab chiqarish birlashmasida yig’uvchi — slesar bo’lib ishlaydi. Birlashmada an-8, an-12, an-22, il-76, il-144 va boshqa samolyotlarni seriyali ishlab chiqarishni o’zlashtirishda faol ishtirok etgan, samolyot qanotlari agregatlarini yig’ish bo’yicha yetakchi mutaxassis.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish