Alimova Xolida
Xolida Zikrillayevna Alimova (1966-yil, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, filologiya fanlari doktori, professor.
Biografiyasi
Xolida Alimova 1966-yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1988-yilda Toshkent davlat universitetining sharq fakulteti afgʻon filologiyasi kafedrasini tamomlab, oʻsha yildan hozirgi kunga qadar Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda: 1991-yildan eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi oʻqituvchisi, 2005-yildan katta oʻqituvchi, 2007-yildan dotsent, 2012-2018-yillar eron-afgʻon filologiyasi kafedrasi mudiri va hozirda mazkur kafedraning professori. Xolida Alimova 2018-yil iyun oyida taʼsis etilgan „Oʻzbekiston-Afgʻoniston“ doʻstlik jamiyatining ijrochi direktori.
Ilmiy faoliyati
Xolida Alimova ilmiy faoliyati davomida dariy va fors tilshunosligi yechimlari bilan bogʻliq ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. 80 dan ortiq ilmiy, oʻquv-uslubiy ishlar, shulardan 1 ta monografiya, 5 ta darslik, 7 ta oʻquv qollanma, 70 ga yaqin ilmiy maqola muallifi. 2005-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida „Dariy tilida somatizmlarning struktur va semantik tasnifi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2009-yilda dotsent ilmiy unvoni berilgan. 2019-yilda „Dariy tilida soʻz yasalishining ichki lingvistik usullari“ mavzusida doktorlik dissertasiyasini himoya qilgan va filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olgan. 2022-yilda professor ilmiy unvoni berilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org