Alimov Raimjon Hakimovich




Alimov Raimjon Hakimovich – (1950-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Iqtisod fanlari doktori, professor.




Tarjimai holi



1972-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning „Iqtisodiy kibernetika” mutaxassisligini tugatgan. Ixtisosligi bo‘yicha iqtisodchi-matematik.



Ilmiy unvonlari




Mehnat faoliyati




Professor Alimov Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Kengashi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashgan Kengash aʼzosi hisoblanadi. R.Alimov iqtisodiyot, taʼlim va axborotlashtirish sohasining rivojiga hissa qo‘shib kelayotgan olim.


R.Alimov o‘zining qator ilmiy ishlarida iqtisodiy-matematik metodlar va axborot texnologiyalarini iqtisodiyotga joriy etish g‘oyalarini ilgari suradi. Uning bugunga qadar 46 nomdagi darslik va o‘quv-uslubiy, 38 ta ilmiy-uslubiy ishlari, 7 ta monografiya, 50 dan ortiq ilmiy maqola va tezislari chop etilgan.


Olimning 2012-yilda oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ,,Maʼlumotlar banki va bazalari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanmasi ,,Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv adabiyoti muallifi” respublika tanlovida alohida e’tirof etilib, Oliy va o‘rta maxsus va Xalq taʼlimi vazirliklari hamda “Isteʼdod” jamg‘armasining III darajali diplomi bilan taqdirlangan. Shuningdek tanlovda R.Alimov boshchiligida ,,Axborot texnologiyasi va tizimlari” fanidan tayyorlangan o‘quv qo‘llanma ham rag‘batlantiruvchi naminatsiyalarga loyiq ko‘rilgan.



Ilmiy tadqiqot ishlari



2003-2005 yillarda FTDQ ning rejasi bo‘yicha P-552 «Модернизация системы управления высшим и средним специальным образованием в Узбекистане в ходе реализации Национальной программы подготовки кадров в условиях либерализации экономических отношений и демок- ратизации общества» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib borgan.


R.Alimov darslarni tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyalar va interfaol usullardan keng foydalangan. Uning boshchiligida «Информационные системы и технологии в экономике» fani bo‘yicha darslik, ,,Axborot tizimlari”, ,,Iqtisodiyotda axborot texnologiyalari”, „Ekonometrikaga kirish”, „Internet texnologiyalari”, „Taʼlimda axborot texnologiyalari”, „Kasbiy taʼlim metodikasi” fanlaridan o‘quv-uslubiy majmualar yaratilgan.


2013-yilda uning hammuallifligida „Axborot tizimlari” va „Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanlaridan o‘quv qo‘llanmalar tayyorlandi. Elektron darsliklar ishlab chiqish bo‘yicha 5 ta patent hammuallifi hisoblanadi.


Mehnat faoliyati davomida 10 nafar iqtisod fanlari nomzodi va 5 nafar katta ilmiy izlanuvchilarga rahbarlik qilgan.


R.Alimovning tashabbusi va rahbarligi ostida bir qancha xalqaro va Respublika doirasida ilmiy-amaliy konferensiyalar ham o‘tkazilgan.



Manbalar



https://scholar.google.com/citations?user=QxMAGcAAAAAJ&hl=ru


https://orcid.org/0000-0003-2855-6900


https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/view/3073 (Wayback Machine saytida 2022-07-27 sanasida arxivlangan)


https://ejournal.tsue.uz/index.php/archive/article/view/3080








uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz