ALIMOV IBROHIM ABDUG’AFFOROVICH



ALIMOV IBROHIM ABDUG’AFFOROVICH (1935.5.4, Andijon) — tarixchi, arxivshunos olim. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1982). Tarix fanlari Doktori (1982), professor (1989). Moskva davlat tarix-arxiv institutini tugatgan (1958). O’zbekiston Respublikasi Arxiv boshqarmasi hujjatlardan foydalanish va e’lon qilish bo’limining mudiri (1959-64). O’zbekiston Markaziy davlat arxivi direktori (1965— 73). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutida bo’lim mudiri (1989-95). Andijon davlat universiteti professo (1996 yildan). Ilmiy ishlari asosan O’zbekistonda agrar masala muammolari, O’zbekistonda arxiv ishlari nazariyasi va amaliyoti, arxivshunoslikka bag’ishlangan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz